• 4-savol.
  • Javob
  • Savol
  • VI. Umumiy ballarni e’lon qilish va g‘olib guruhni aniqlash.
  • VII. Uyga vazifa
  • 8-sinflar uchun geografiya fanidan “Quruqlik tarsporti” mavzusida tayyorlagan bir soatlik




    Download 7.04 Mb.
    bet7/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi7.04 Mb.
    #1606
    1   2   3   4   5   6   7
    V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Mavzu yuzasidan quruqlik transportlari foto suratlariga savollar yoziladi. Savollarga javob topgan guruh o‘z guruhiga va o‘zi savol bergan foto suratlarga ega bo‘ladilar





    1 2



    3 4
    5 6







    7 8






    9 10

    1-savol. Mamlakatimiz temiryo‘llarining umumiy uzunligi qancha?

    Javob: 6000 km.

    2-savol. Mamlakatimizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tgan temiryo‘l qaysi shaharlarni bog‘laydi?

    Javob: Jizzax-Samarqand

    3-savol. XX asrning 40-yillarida ko‘mir konining ishga tushishi natijasida qaysi temiryo‘l quriladi?

    Javob: Toshkent-Angren

    4-savol. Katta O‘zbek trakti qaysi viloyatlarni bog‘laydi, necha km?

    Javob: Toshkent-Samarqand- Qashqadaryo-Surxondaryo. 700km

    5-savol. Mamlakatimizdan o‘tuvchi Osiyo va Yevropa mamlakatlari tranzit yuklari qaysi temiryo‘l orqali tashiladi?

    Javob: Qo‘ng‘irot-Beynov 410 km

    6-savol. Yevropa va Osiyo mamlakatlari tutashgan Trans Osiyo magistrali qanday ataladi?

    Javob: Istambul-Toshkent-Olmaota-Pekin

    7-savol. Qurama tog‘idagi Qamchiq davoni orqali o‘tadigan avtomobil yo‘li qanday ataladi?

    Javob. Toshkent- Angeren- Qo‘qon.

    8-savol. Tezyurar “Registon” elektropoyezdi qaysi yo‘nalishda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan?

    Javob: Toshkent-Samarqand

    9-savol. Andijon-O‘sh- Ergashtom- Qashqar avto yo‘li qaysi mamlakatlarga chiqish imkonini beradi?

    Javob: Xitoy va Pokiston.

    10-savol. Mamlakatimizda elektrlashgan temir yo‘llar uzunligi?

    Javob: 600 km

    2. “Zakovat” o‘yini. Har uchala guruh o‘rtasiga savol tashlanadi va 1 soniya vatq beriladi.

    Savol: 1968 yilda boshlanib 1977 yili ishga tushgan. Hozirgi kunda yo‘llarning uzunligi 37,5 km.ni tashkil etadi va 29 bekatdan iborat. Bu qanday yo‘l yoki transport?

    Javob: Toshkent metrosi.

    3. Amaliy ish topshirig‘i.

    Atlasdan yozuvsiz xaritaga har uchala guruh quyidagi transport yo‘llarini tushurishlari lozim:

    1-guruh: G‘uzor- Boysun- Qumqo‘rg‘on temir yo‘l. 233 km.

    2-guruh: O‘zbekiston shoh ko‘chasi - “Katta O‘zbek trakti”. 700km

    3-guruh: Buxoro-Beynov va Tajan Saraxs temiryo‘lini tushurish.

    Har bir guruhdan 3 nafar o‘quvchi baholanadi.



    VI. Umumiy ballarni e’lon qilish va g‘olib guruhni aniqlash.

    Baholash oynasiga guruhlar olgan ballar dars oxirigacha qo‘yib boriladi. Dars oxirida har bir o‘quvchi olgan ball va guruhlar umumiy bali e’lon qilinadi.

    Doiradagi chiziqchalar soni 3ta bo‘lsa o‘quvchi 3ta savolga javob bergan va 5 ball bilan baholanadi.

    Bunday uslubdagi savol-javob darsi o‘quvchilar faolligini oshiradi.

    Doirada 1 ta chiziqcha olgan o‘quvchi xaritadan sanoat rayonlari bo‘lgan shaharlardan 3 ta ko‘rsatib yoki 1 ta geografik atamaga to‘liq javob bersa, 4 ball bilan baholanadi.

    Ballar jamlanib qaysi guruh g‘olib bo‘lganligi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.



    VII. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash va atlasdan mamlakatimizdagi transport tugunlarini o‘rganish topshiriladi.

    Foydalangan adabiyotlar.


    1. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 8-sinf. Darslik. Payoz Musayef, Jahongir Musayev. Toshkent – 2014.

    Internet resurslari

    1. Geografiya.uz

    2. www.ziyonet.uz


    Download 7.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 7.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinflar uchun geografiya fanidan “Quruqlik tarsporti” mavzusida tayyorlagan bir soatlik

    Download 7.04 Mb.