• MOOC(Massive Open Online Courses)
  • MOOC
  • 9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari




    Download 158,33 Kb.
    bet1/8
    Sana22.05.2024
    Hajmi158,33 Kb.
    #249933
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9-maruza


    9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari.
    Reja:

    1. MOOK nima?

    2. Onlayn ta'lim olish uchun eng yaxshi saytlar to'plami

    Kalit so'zlar: MOOC , onlayn ta'lim , sun'iy intellekt , interfaolik,
    MOOC(Massive Open Online Courses) zamonaviy tushuncha bo'lib, bu tizim onlayn ta'lim bozorini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Ush bu tizim masofaviy ta'lim tizimi hisoblanadi. Bu ta'lim 2008-yilda yaratilgan bo'lib, Brayan Aleksandr va Devid Kormier tomonidan kashf etilgan. MOOC tushunchasi hozzigi kunda tobora ommalashib, mashhurlashib bormoqda. Masofaviy ta'limda o'quvchilar zarur bilimlarni o'zlariga olishlari mumkin. MOOC tizimi o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun turli xil aloqa kanallarini taqdim eta oladi. MOOC da har bir kurs vaqt bilan bog'liq bo'ladi va o'quvchilar o'zlari uchun kerakli dars jadvalini tuzib oladilar. O'quvchilar tushinishmagan darslarni qayta o'zlashtirishlari mumkin bo'ladi. MOOCni martabali o'qituvchilar olib borishadi. Masofaviy tizimda o'quvchilar mustaqil ta'lim olishadi. MOOCda videolar, matnli hujjatlar, maqolalar, audiofayllar va har xil materiallardan joy olgan.
    MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni tez va keng qamrovda tarqalishi ularga dunyo ta’lim bozorida talab borligidan dalolat bermoqda.
    OOOK orqali oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar, kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalari, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
    Abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari mavjud bo‘lgan fanlardan OOOK bilan taqdim etilayotgan kurslar orqali bepul bilim olishlari mumkin.
    Xususan, Khan Academy (https://ru.khanacademy.org/) orqali matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va boshqa fanlar bo‘yicha video ma’ruzalar orqali “noldan" boshlab chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, https://www.udemy.com saytida o‘zbek tilida mustaqil o‘rganuvchilar uchun matematikadan video darslar berilgan bo‘lib, https://www.udemy.com/matematika-darslari/ havolasi orqali kursni bepul o‘rganish mumkin.
    Shuningdek, oliy ta’lim tizimida ma’lum masalalar mavjud bo‘lib, bu masalalarni barchasini ommaviy ochiq onlayn kurslar orqali hal qilish mumkin. Xususan:

    • Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasida malakasini oshirish masalasi;

    • Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalarni o‘qitish masalasi;

    • Yuqori sifatli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasi;

    • Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitilayotgan fanlarni mahalliy oliy ta’lim muassasalarida joriy etish masalasi;

    • Yangi kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv majmualarni shakllantirish masalasi;

    • Mutaxassislik fanlarini chet tillarida o‘qitish masalasi;

    • Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasi.



    Download 158,33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 158,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari

    Download 158,33 Kb.