• Bilimlarni nazorat qilish shakllari
  • Sertifikat mavjudligi
  • 9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari




    Download 158,33 Kb.
    bet3/8
    Sana22.05.2024
    Hajmi158,33 Kb.
    #249933
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9-maruza

    Qatnashish sharti: Coursera platformasida o‘qish uchun veb-saytdan ro‘yhatdan o‘tishi, o‘zi uchun qiziqarli kursni tanlashi va yozilishi yetarlidir. Ro‘yhatdan o‘tish barcha qiziquvchilar uchun ochiqdir.
    O‘quv shakli: videoma’ruzalar, o‘qish uchun materiallar, kurs qatnashchilari uchun forumlar. Coursera tinglovchilarni ijtimoiy tarmoqlarda ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi (har bir tinlovchida ijtimoiy tarmoqlarning birida kamida bitta akkaunti (account) bo‘ladi). Ba’zan, bir shahardagi tinlovchilar o‘zlari uchun uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin. Tartib bo‘yicha har bir onlayn kursining boshlanish sanasi va tugash sanasi belgilangan bo‘ladi. Yangi materiallar har haftada qo‘yiladi, topshiriqlarni belgilangan sanagacha bajarish zarur (odatda, bu muddat yangi videoma’ruza chiqquncha hisoblanadi). Bundan tashqari, platformada tinglovchilar uchun o‘zini hohlagan vaqtida – OnDemand rejimida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan kurslar qo‘yilgan. Coursera platformasi ixtisoslik (Specialization) bo‘yicha bir qator onlayn-kurslarini taqdim etadi va ularni tugatgan so‘ng sertifikat olish mumkin. Sertifikatda Coursera kompaniyasining logotipi, kurs nomi, kurs yaratilgan universitet nomi, o‘qituvchining ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Lekin, sertifikat olingan kurs universitet akademik darajasi bo‘yicha dasturlaridagi fan sifatida qabul qilinmaydi.
    Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan tanlab olish variantlari bilan), yozma ishlar, boshqa tinlovchilar qo‘ygan baholar (anonim tarzda, izohi bilan yoki izohsiz), yakuniy imtihonlar. Universitet o‘qituvchilari onlayn-kurslarning mualliflari, odatda, tinglovchilarning vazifalarini tekshirishmaydi va baho qo‘yishmaydi.
    Sertifikat mavjudligi: bor. Onlayn kurslar vazifalarini bajargan tinlovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatganliklari to‘g‘risida elektron guvohnoma (Statement of Accomplishment) olish imkoniyatlari mavjud. Guvohnomani olish uchun, odatda, ma’lum miqdorda ballar yig‘ish kerak bo‘ladi. Guvohnomada tinlovchining ismi-sharifi, kurs nomi, kursning qisqacha ta’rifi va o‘qituvchining elektron imzosi yozilgan bo‘ladi. Guvohnoma universitet-hamkorlari uchun kursni tamomlaganligi haqida rasmiy hujjat hisoblanmaydi. Bundan tashqari, SignatureTrack bilan belgilangan kurslarini tugatganda, tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish imkoniyati mavjud, lekin, ushbu hizmat pullikdir. Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) elektron guvohnoma (Statement of Accomplishment) dan farqi shundaki, tasdiqlangan sertifikatda tinlovchining shaxsi tasdiqlanadi (pasport nus’hasi va veb-kamera orqali olingan fotografiyasi yuklanadi). Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) da universitet logotipi qo‘yilgan bo‘ladi, bundan tashqari, unda ushbu sertifikatda maxsus qator (ssыlka) mavjud bo‘lib, u orqali kurs va tinglovchi to‘g‘risida (tinlovchining ismi-sharifi, o‘qituvchining ismi-sharifi, kursning dasturi va muddati) ma’lumot olish mumkin. Tasdiqlangan sertifikat ham universitet dasturidagi fan sifatida qabul qilinmaydi.

    Download 158,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 158,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari

    Download 158,33 Kb.