|
9- ma’ruza: Massive online open courses platformalari va ularning turlari
|
bet | 2/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 158,33 Kb. | | #249933 |
Bog'liq 9-maruzaCoursera platformasi
Coursera (https://www.coursera.org) notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, Stenford universiteti professorlari Endryu Hg (Andrew Ng) va Dafni Koller (Daphne Koller) lar tashkil etishgan. Ushbu startap Kleiner Perkins Caufield & Byers (KPCB) va New Enterprise Associates (NEA) kompaniyalaridan hamkorlik loyihasi bo‘yicha $16 mln. investitsiya olgan. Kompaniyaning maqsadi – eng nufuzli universitetlarning eng malakali professorlarini eng sifatli kurslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali dunyo bo‘yicha bepul kirishga imkoniyat yaratishdir.
Davomati: 10 mln. foydalanuvchi.
Hamkor ta’lim muassasalari soni: 100 dan ortiq
Onlay kurslar soni: 1400 ta
Kurslar yo‘nalishlari: axborot texnologiyalari, fizika, muhandislik fanlari, matematika, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, tadbirkorlik, gumanitar fanlar, san’at.
Hamkorlari: Jahonning turli davlatlaridagi yetakchi universitetlari. Coursera kompaniyasining birinchi hamkorlari sifatida Stenford, Priston, Pensilvaniya va Michigan universitetlari bo‘lgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda platformada Amerikaning quyidagi nufuzli universitetlarining onlayn kurslari qo‘yilgan: Kaliforniya texnologiya instituti, Kolumbiya universiteti, Yel universiteti, Viskonsin-Medison universiteti, Shimoliy-G‘arbiy universiteti, Emori universiteti, Vanderbilt universiteti. Yevropa davlatlaridan hamkor sifatida Edinburg universiteti, Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti, Myunxen Texnika universiteti, Bokkoni, NЕS Paris, Kopengagen universitetlari, ispan IE va IESE biznes-maktablari, Lozanna universiteti, Syurix universiteti, London universiteti, Jeneva universitetini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu platformada Osiyo davlatlarining kurslarini ham ko‘rish mumkin: Singapur milliy universiteti va Tayvan milliy universiteti. Rossiya Federatsiyasidan: Oliy iqtisodiyot maktabi va Moskva fizika-texnika instituti (MFTI).
Kurslarning muddati: 4 haftadan 10 haftagacha.
O‘qitish tili: 20 ta tillarda. Ko‘pchilik kurslar ingliz tilida olib boriladi. Keyingi o‘rinda – xitoy tili. Ma’ruzalarni boshqa tillarda yozilgan subtitrlar orqali ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Coursera kompaniyasi yaratilgan kurslarin boshqa tillarga tarjima qilish uchun dunyo bo‘yicha ta’lim muassasalari va volontyorlarni jalb qilmoqda. Chet tilini bilgan ihtiyoriy inson Coursera halqaro tarjimachilik jamiyati (Global Translation Community) ga a’zo bo‘lishi mumkin va kurslarni o‘z ona tiliga tarjima qilishga yordam berishi mumkin. Coursera platformasida onlayn kurslar rus tilida ham joylashtirilgan.
|
| |