• 26-rasm .Uzluksiz usul bilan etilatsetat olish texnologiyasi
  • Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi




    Download 326,5 Kb.
    bet4/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi326,5 Kb.
    #231199
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    9- mavzu. Eterifikatsiya jarayonlari reja

    Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi.Murakkab efirlar olish jarayonini ikki katta guruhga ajratish mumkin:
    1) Katalizatorsiz suyuq fazada boruvchi yoki gomogen katalitik jarayonlar, bunda kimyoviy reaksiya ajratish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi; 2) Suyuq yoki gaz fazasida boruvchi geterogen katalitik reaksiyalar ajratish jarayonisiz alohida apparatlarda olib boriladi.
    Birinchi turdagi jarayonlar eterifikatsiya texnologiyasida keng tarqalgan.Etilatsetat olish uzluksiz texnologik sxemasi bilan tanishamiz (26-rasm).
    1-bakdan sirka kislota, etanol katalizator sulfat kislotadan iborat reagentlar aralashmasi 2-isitgichda isigandan so'ng 4-eferizatorning tepa
    q
    ismiga yuboriladi. Kolonnani bug' bilan isitish natijasida hosil bo'lgan etilatsetat spirt va suv bug'lari bilan birgalikda kolonnadan haydaladi, tarelkalardan pastga harakat qilayotgan suyuqlik esa suv bilan to'yinadi. Reaksiya massasini efirizatorda bo'lish vaqtini va xomashyo reagentlar shunday nisbatda olish kerakki, bunda kub suyuqligi tarkibida oz miqdorda reaksiyaga kirishmagan sirka kislota (H2S04 ham) bo'lishi kerak. Bu suyuqlikni kubdan tashqariga chiqariladi vaneytrallangandan so'ng kanalizatsiyaga yuboriladi.


    26-rasm.Uzluksiz usul bilan etilatsetat olish texnologiyasi: 1-bak; 2-issiqlik almashtirgich; 3-kondensator; 4-efirizator; 5,10-rektiflkatsiya kolonnnlari; 6,9-kondensator-deflegmatorlar; 7-aralashtirgich; 8-seperator; 11-sovutgich; 12-yig'gich; 13-qaynatgich.
    Reaktorning tepa tomonidan chiqayotgan gazlar tarkibida 70% spirt va 20% efirdan iborat. Bu gazlar sovutish va kondensatsiyalanish uchun dastlab 2-issiqlik-almashtirgichga keladi, u yerda isigandan so'ng 3-kondensatga yuboriladi, 2-apparatdagi kondensat va 3-apparatdagi kondensatning bir qismini 4-reaktorning tepa tomoniga yuboriladi. Qolgan qismi 5-rektifikatsiya kolonnasiga keladi, u yerda azeotrop aralashma suvli spirtdan ajratiladi.5-kolonna kubi 13-qaynatgich yordamida isitiladi, 6-apparatda esa flegma hosil qilinadi, uning bir qismi sug'orish uchun ishlatiladi. 5-kolonna suyuqligi spirtdan va suvdan iborat. U kolonnadan chiqariladi va 4-eterizatorning pastki tarelkalariga kelib tushadi, shu bilan kolonnaning pastki qismi kerakli miqdordagi spirt bilan ta'minlanadi. 5-kolonnadan keladigan bug'lar 6-apparatda kondensatsiyalanadi, hosil bo'lgan kondensatning bir qismi u yerdan sug'orishga, qolgan qismi esa 7-aralashtirgichga keladi va teng miqdordagi suv bilan aralashtiriladi.
    Hosil bo'lgan emulsiya 8-seperatorda ajratiladi, ikkita qatlam hosil bo'ladi, yuqori qismi efir va unda erigan spirt, suvdan iborat, pastki qismi esa spirt va efirning suvli eritmasidan iborat. Pastki qismini 5-kolonnaning o'rta tomonidagi tarelkalariga yuboriladi. 8-seperatordagi efirni suv va spirtdan tozalash uchun yuboriladi. Bu jarayon 10-rektifikatsiya kolonnasida olib boriladi, bunda efir, spirt va suvdan iborat azeotrop aralashma bir-biridan haydash orqali ajratiladi. Aralashmaning bir qismi 9-kondensatordan o'tgandan so'ng 10-kolonnani sug'orish uchun yuboriladi, qolgan qismi esa 7-aralashtirgichga qaytariladi.Etilatsetatni 10-kolonna kubidan sovutish uchun 11-so-vutgichga yuboriladi, u yerdan esa 12-yig'gichda yig'iladi.

    Download 326,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 326,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi

    Download 326,5 Kb.