|
Quyida shu nisbiy seysmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz
|
bet | 5/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 39,01 Kb. | | #240855 |
Bog'liq 9-14mts guruh talabasi-fayllar.orgQuyida shu nisbiy seysmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz :
ball-Sezilarsiz –Faqatgina seysmik asboblardagina qayd qilinadi.
ball-Juda kuchsiz- Uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi).
ball-Kuchsiz, ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta- sekin tebranadi.
ball-O’rtacha sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro’zg’or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi.
ball-Ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam yug’onadi. Ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib to’kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi.
ball-Kuchli, Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi. Ko’pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi, uy hayvonlari betoqat bo’ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidan kitoblar, javonlardagi idishlar ag’darilib tushadi.
ball-Juda kuchli. Ko’pchilik odamlarni qo’rquv bosadi, ko’chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqtida ham seziladi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi, havzalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi.
ball – Yemiruvchi. Xom g’ishtdan qurilgan imoratlarda butunlay vayron bo’ladi,ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo’ladi,uy tepasidagi mo’rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog’lik joylarda qulash ,surilish hodisalari yuz beradi.
ball-Vayron qiluvchi. Yer qimirlashga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorlardan siljib ,qiyshayib qolishi mumkin, oddiy imoratlar butunlay vayron bo’ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo’ladi,yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar katta shikast ko`radi. Temir yo’l relslari to’lqinsimon shaklga kirib,bir tomonga qarab egilib qoladi.
|
| |