|
V. Ko`chkilar. Umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari
|
bet | 6/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 39,01 Kb. | | #240855 |
Bog'liq 9-14mts guruh talabasi-fayllar.orgV. Ko`chkilar. Umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari.
Tabiy favqulodda vaziyat turlaridan yana biri ko`chki bo`lib, uni o`rganish, baholash, bashorat qilish va undan aholini va xalq xo`jaligi ob’ektlarini muhofaza qilish mamlakat iqtisodini ko`tarishda muhim xisoblaniladi. Dengiz, ko`l, soylar va tog` yonbag`irlarida joylashgan bo’sh tog` jinslari ustki qismining yer ustki va ostki suvlari hamda o`zining og`irlik ko`chi ta’sirida pastga qarab harakat qilish xodisasi ko’chki deyiladi. Ko’chkilar Qirim, Kavkaz, Volga bo’yi, Dnepr, Markaziy Osiyoning tog`lik tumanlarida tez-tez bo`lib turadi. O’zbekistonning kon sanoati rivojlangan Oxangaron, Olmaliq, Oltin topgan, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bog`iston, Xo`jakent, Chibargota va boshqa qishloqlarida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog`li hududlarida ko`chli xodisalari ro’y berishi mumkin. 1911 yilda G`arbiy Pomirda 9 ball zilzila natijasida Usoy ko’chkisi hosil bo`lgan. Murg`op vodiysi daryosiga hajmi 2,2 m\kv tog` jinsi bulogi ko`chib, 2,5 km masofani bosib o’tib daryo o’zanini 450-500 m qalinlikda, 2 km uzunlikda, 1km kenglikda qum tosh, oxak tosh, gips va boshqa jinsdan tashkil topgan tog` to’sib qo`ygan. Talofat natijasida Usoy qishlog`i ko`chki ostida qolib 54 kishi nobut bo`lgan.1973- 1975 yillarda Respublikamizning Oxangaron vodiysida asrimizning eng katta ko’chkisi “Atche” ko’chkisi sodir bo`lgan. Ko`chkining sathi 12 km \kv qalinligi 80-170 m bo`lib, 1975 yildan beri ko`chayotir. Sodir bo`lish sababi Oxangaron daryosinining chap qirg`og`idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko`mir qatlamidagi o’zgarishlar natijasidagi ko`mir yonib gazga aylangan va bo’shliq paydo bo`lgan, uning oqibatida ko`chki vujudga kelgan. Tojikistonning Xisor rayonining Sharora qishlog`ida 1984 yil 25 yanvarda katta ko`chish ro`y bergan. Ko`chkining kengligi 400 m uzunligi 4,5 km, qalinligi 7-8 m tashkil qilgan. Natijada 50 ta uy ko’milib qolgan, 207 kishi xalok bo`lgan. Ko`chkilar xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Shuningdek imorat va inshoat yo`l yer osti komunikatsiyasi, to`g`on, tunil va ko`priklar mustahkamligining susayishiga yoki butunlay buzulishiga sabab bo`ladi. Masalan: 1963 yil 9 oktiyabrda shimoliy Italiyada ro’y bergan ko`chkining balandligi 265,5 m bo`lgan va yon to`g`onini vayron qilgan. Natijada 300 ta odam halok bo`lgan va katta miqdorda moddiy zarar ko`rilgan.Tojikistonning Ayniy qishlog`ida 1964 yil aprel oyida sodir bo`lgan tog` o’pirilish xodisasi natijasida Zarafshon daryosi butunlay to’silib qolgan. Faqat olimlarning o`z vaqtida ko`rgan chora tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning unumli yerlari suv bosishdan saqlanib qolindi.
|
| |