|
9-14mts guruh talabasi
|
bet | 4/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 39,01 Kb. | | #240855 |
Bog'liq 9-14mts guruh talabasi-fayllar.orgZilzila paytida yer qobig’ida seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi. To’lqinlarning tarqalish markazi giposentr yoki zilzila o’chog’i deb ataladi. Chuqurligi 2 – 70 km ga boradi. Yer yuzasidagi markazi –episentr deb ataladi. Ma’lumotlarga ko’ra seysmik to’lqinlar uch xil –bo’ylama, ko’ndalang, turlarga bo’linadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshoatlarga ko’rsatadigan kuchlarining ta’siri yerning geologik, geomorfologik, gidrogeologik va muhandislik geologik sharoitlarga bog’liq bo’lib, ularni o’rganish, baholash, bashorat qilish bilan muhandislik geologiyasi shug’ullanadi.
Zilzila paytida yer qobig’ida seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi. To’lqinlarning tarqalish markazi giposentr yoki zilzila o’chog’i deb ataladi. Chuqurligi 2 – 70 km ga boradi. Yer yuzasidagi markazi –episentr deb ataladi. Ma’lumotlarga ko’ra seysmik to’lqinlar uch xil –bo’ylama, ko’ndalang, turlarga bo’linadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshoatlarga ko’rsatadigan kuchlarining ta’siri yerning geologik, geomorfologik, gidrogeologik va muhandislik geologik sharoitlarga bog’liq bo’lib, ularni o’rganish, baholash, bashorat qilish bilan muhandislik geologiyasi shug’ullanadi.
III. ZILZILANING INSHOOTLARGA KO’RSATGAN KUCHINI O’RGANISH VA BAHOLASH.
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko’p marta yer qimirlashlarni boshidan kechirgan, uning oqibatlarining guvohi bo’lgan. Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishini kishilarning ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshoatlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (yer sathida yoriqlarning va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisaning kuchini baholashga o’rnatgan. Natijada nisbiy baholash seysmik shkalasi paydo bo’lgan. Quyida shu nisbiy sesmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz. Respublikamizda va juda ko’p davlatlarda zilzila kuchi 12 balli shkala asosida baholanib, har bir ballga ega bo’lgan zilzila o’z tafsilotiga ega. Bundan tashqari baholashda 8 balli Rixter seysmik shkalasidan ham foydalaniladi. Bizda asosan 2 turdagi yer qimirlashi kuzatilgan: -uzoq davrli 1,5-2,5 daqiqa davom etadigan; -yuqori chastotali tebranishli 1,5-2,5 soniya davom etadigan. uzoq davrli yer qimirlashda tebranish sekin – asta kuch yig’adi va u ko’p qavatli binolar uchun xavfli hisoblanadi. Yuqori chastotali yer qimirlashi energiyasi qisqa davr ichida ajralishi tufayli, oqibatlari ayanchli bo’lishi mumkin, sababi agar sust harakat qilinsa ko’p qurbonlikka olib kelishi mumkin.Yer qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari – qimirlash markazining chuqurligi va tebranishni qancha muddat davomida takrorlanishidadir . Yuqorida aytilganidek yer yuzasidagi uning ta’sir kuchi odatda ballarda baholaniladi.
|
| |