Elektron darsliklarni yaratishning bosqichlari quyidagilardan iborat




Download 15,26 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2023
Hajmi15,26 Kb.
#127954
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-Ma’ruza Kasbiy faoliyatda pedagogik dasturiy vositalardan foy-kompy.info

Elektron darsliklarni yaratishning bosqichlari quyidagilardan iborat:

1-bosqich. Elektron darslik maqsadi va konsepsiyasini aniqlash. Bularni aniqlash uchun, albatta, Davlat ta’lim standartiga va shu paytgacha o‘quvchilar olgan bilimga tayanish zarur.

2-bosqich. Elektron darslikning metodologik tarkibini aniqlash: Fan bo‘yicha elektron darslik yaratish uchun mavzularni aniqlash, yoritiladigan materiallar chegaralarini belgilash, ya’ni ochib beriladigan jarayonning qanchalik chuqurlashishi, ilmiylashishi va o‘quv dasturiga mosligini belgilash.

3-bosqich. Har bir mavzu bo‘yicha senariysi matnini tayyorlash. Bunda amaldagi elektron yoki an’anaviy darslikda keltirilgan materiallarni to‘ldirilishiga, ularda ishlatilgan atamalardan foydalanishga ahamiyat berish lozim. Ko‘rgazmalilikni ta’minlash uchun mavjud materiallarni tahlil etish va lozim bo‘lganda qo‘shimcha ravishda animatsiya usulida yoritiladigan yoki tasvir ustiga chiqariladigan matn ko‘rinishida keltiriladigan materiallarni aniqlash kerak. Statik tasvirlar grafika tahrirlagichlarida qayta ishlanishi maqsadga muvofiq.

4-bosqich. Har bir mavzu video, animatsiya fayllarni yaratish. Nochiziqli montaj usulini qo‘llagan holda videotahrirlagichda videolavhalar va statik tasvirlardan butun filmni montaj qilish. Bu yerda titr yozuvi va boshqa yozuvli sharhlar ham (masalan, formula, ta’rif) ekranga chiqariladi.

5-bosqich. Ovozsiz filmni senariy bo‘yicha tahlil etish va suhandon matnini to‘liq ishlab chiqish. Senariyda keltirilgan g‘oyalarning amalga oshirilishi tahlil etiladi. Kerak bo‘lsa, ssenariyga ham o‘zgartirishlar kiritiladi va videoqatorning montaji qayta bajariladi. Videomaterial ssenariyga mosligi aniqlangach, filmni

ovozlashtirish maqsadida suhandon uchun matn tayyorlanadi.

6-bosqich. Testlarni yaratish. Berilgan mavzular bo‘yicha test topshiriqlarini ishlab chiqish.

7-bosqich. Asosiy matn bilan uyg‘unlikdagi qo‘shimcha matn va asosiy matnda keltirilgan asosiy fikrlarni to‘plagan “Yodda tuting!” matnini tayyorlash.


Download 15,26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 15,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron darsliklarni yaratishning bosqichlari quyidagilardan iborat

Download 15,26 Kb.