|
-bosqich. O‘yin topshiriq va amaliy topshiriq mashqlarini tayyorlash. Uni tayyorlashda o‘quvchining olgan bilimlarni, tushunchalarni guruhlarga ajratish, ta’riflarini bilish kabi masalalar diqqat e’t
|
bet | 3/6 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 15,26 Kb. | | #127954 |
Bog'liq 9-Ma’ruza Kasbiy faoliyatda pedagogik dasturiy vositalardan foy-kompy.info8-bosqich. O‘yin topshiriq va amaliy topshiriq mashqlarini tayyorlash. Uni tayyorlashda o‘quvchining olgan bilimlarni, tushunchalarni guruhlarga ajratish, ta’riflarini bilish kabi masalalar diqqat e’tiborda bo‘ladi. 10-bosqich. Elektron darslikning fayllarini kompyuterla saqlash. Ko‘p ishlatiladigan senariylar, bezaklar alohida kataloglarda saqlash maqsadga muvofiq. 11-bosqich. Elektron darslik mundarija-menyusini tayyorlash. 12-bosqich. Elektron darslikdan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanma va foydalanuvchi qo‘llanmasini yaratish. Dars jarayonida foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik qo‘llanma va darsdan tashqarida foydalanish bo‘yicha esa o‘quvchilarga foydalanuvchi qo‘llanmasi yaratilishi lozim. Metodik qo‘llanmani yaratishda o‘quv dasturiga muvofiq qaysi darsda va dars jarayonida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar metodik qo‘llanmada keltiriladi. Foydalanuvchi qo‘llanmasida esa elektron darslikni kompyuterga o‘rnatish va ulardan foyladanish uchun qo‘shimcha tizimiy qo‘llab quvvatlovich dasturlar o‘rnatilishi va moslashishi haqida va elektron darslikni boshqarish haqida ma’lumotlarni keltiriladi. 13-bosqich. Sinov-tajribadan o‘tkazish. Yaratilgan elektron darslikni bevosita o‘quv jarayonida sinab ko‘rish. Agar qandaydir didaktik yoki pedagogik jihatdan nuqsonlar uchrasa, o‘quvchilar uchun tushinish qiyin joylar bo‘lsa, ular bartaraf etiladi. 14-bosqich. Elektron darslik dasturiy mahsulot ko‘rinishida eltuvchilarda (CD yoki DVD) tarqatish uchun disk usti bezaklarini tayyorlash. Elektron darslik yaratishda mutaxassislarning ishtiroki. Elektron darslik quyidagi mutaxassislarning ishtiroki talab etiladi:
Malakali soha mutaxassisi. Uning vazifasiga sohani, ob’yektni tanlash, senariychi mutaxassis bilan birgalikda mavzular bo‘yicha senariyni yaratishda qatnashish, ovozlashtirish uchun (suhandon o‘qishi uchun) matnni tayyorlash kiradi.
Ssenariychi mutaxassis. Elektron dasrlik senariysini tuzishda qatnashadi.
Dasturchi-dizayner. Elektron darslikga qo‘shiladigan tasvirlarni qayta ishlash, menyu, ishchi darcha dizayni va mahsulotni qadoqlash uchun bezaklarni yaratishni amalga oshiradi.
Dasturchilar. Filmni montaj qilish va video namoyishni ta’minlash, test topshiriqlarni tayyorlash, o‘yin va amaliy mashqlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. Matnni formatlash, tasvirlar galereyasini yaratish, audio axborotlarni ishlash, video axborotlarni ishlash, nochiziqli montaj qilish, animatsiya materiallarni ishlash ularning zimmasida.
Suhandon. Matnni ifodali o‘qishni amalga oshiradi.
Elektron darsliklarni yaratish jarayonida yuqoridagi mutaxassislar safiga ko‘pincha quyidagilar qo‘shiladilar:
Malakali pedagog-uslubchi (yaxshisi, amaldagi darslik muallifi).
Maktab amaliyotidagi pedagog. Yaratilgan mahsulotni sinashda va foydalanuvchi qo‘llanmasini yaratishda ishtirok etish uning vazifasiga kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-bosqich. O‘yin topshiriq va amaliy topshiriq mashqlarini tayyorlash. Uni tayyorlashda o‘quvchining olgan bilimlarni, tushunchalarni guruhlarga ajratish, ta’riflarini bilish kabi masalalar diqqat e’t
|