|
Ma`lumotlarning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 6/6 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 15,26 Kb. | | #127954 |
Bog'liq 9-Ma’ruza Kasbiy faoliyatda pedagogik dasturiy vositalardan foy-kompy.infoMa`lumotlarning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar.
Ekranda o‘quv materialiga bog`liq bo‘lmagan ob`ektlar bo‘lmasligi kerak, barcha ob`ektlar ma`lum ma`noda axborotni tanishtiruvchi bo‘lishi shart. Undagi tasvirlar yetarli darajada katta bo‘lishi hamda o‘zaro o‘quv materiali mazmuniga mos holda joylashishi lozim.
O`quv materialini o‘rganishning ko‘p variantliligi.
Didaktik materiallarning har xilligini ta`minlash asosida ko‘p variantlilikni shakllantirish, ya`ni parametrli o‘quv materiallarni hosil qilish. Bu xususiyatdan PDTlarni tuzishda unumli foydalansa bo‘ladi.
Ma`lumotlarning turli xilda ko‘rinishi.
Ma`lumotlarni ekranda tasvirlashda ko‘p oynali holat ham o‘quv mashg`ulotlar jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Masalan, o‘quvchilarni rag`batlantirish, keyingi bosqichni taklif qilish, baholarni e`lon qilish va boshqalar.
Ob`ektlarning ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar.
Kompyuter ekraniga chiqariladigan xabarlar o‘quvchi faoliyati tuzulishiga mos holda mantiqan bog`liq bo‘lishi, ularning har biri ta`lim mazmunida nazarda tutilgan ma`lum bir muammoni hal qilishi lozim. Mazkur talabni amalga oshirish uchun ekranni ortiqcha ma`lumot bilan to‘ldirmaslik, muhim ma`lumotlarni ekranning o‘rtasiga qo‘yish, bir necha marta takrorlanadigan ma`lumotlarni ekranning ma`lum bir o‘rniga joylashtirish kabi psixofiziologik talablarga rioya qilish kerak.
Tasvirlarni uzatish usullariga qo‘yiladigan talablar.
Ekrandagi tasvirlar harakatining me’yorida bo‘lishiga e’tibor berish zarur. O’quvchilarning vaziyatni baholash va tasvirlarni idrok qilish hamda reaktsiya bildirishda kattalardan farq qilishini inobatga olish lozim. Taassurotni susaytirmaslik uchun ekrandagi ob’yektlarning harakati yetarli darajada tez bo‘lishi, shuningdek, berilgan vaqt doirasida kerakli ma’lumotni o‘quvchi anglab oladigan sur’atda bo‘lishi kerak. O’quvchiga ob’yekt harakatini istagan holatida to‘xtatib kuzatish, uni qayta- qayta takrorlash imkonini berish maqsadga muvofiq.
Dasturdagi tovushlarga qo‘yiladigan talablar.
PDVda foydalaniladigan biror tovush yoqimsiz, mazmundan uzoq bo‘lmasligi kerak. Tovush o‘quvchining diqqatini jamlashga yordamlashishi hamda mazmun.
http://kompy.info
|
| |