• Kam legirlangan asbobsozlik po‘latlari
  • Legirlangan asbobsozlik po‘latlari (GOST 5950—73)




    Download 0.81 Mb.
    bet24/29
    Sana01.08.2021
    Hajmi0.81 Mb.
    #16425
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Legirlangan asbobsozlik po‘latlari (GOST 5950—73).

    Asbobsozlik po‘latlariga kiritiladigan legirlovchi elementlar quyidagilarni oshiradi:

    1. issiqbardoshligini - volfram, molibden, kobalt, xrom,

    2. toblanuvchanligini (marganes),

    3. qovushqoqligini (nikel),

    4. yeyilishga chidamliligini (volfram) oshiradi.

    Kam legirlangan asbobsozlik po‘latlari tarkibida 2,5% gacha legirlovchi elementlar bo‘ladi, qattiqligi katta (VDS 62-69), yeyilishga chidamliligi yuqori, lekin issiqbardoshligi past (200-260°C).

    Uglerodli po‘latlardan farqli ravishda ular murakkab shaklli asboblar tayyorlashda ishlatiladi. X, 9XS, XVG, XVSG kabi kam legirlangan po‘latlarda asosiy legirlovchi element xromdir. X markali po‘lat faqat xrom bilan legirlangan. Xrom miqdorining ko’pligi po‘latning qizishini oshiradi. X markali po‘lat moyda 25 mm qalinlikkacha to‘la qiziydi.

    U 10 markali po‘lat esa faqat 5 mm qalinlikkacha qiziydi. X po‘lati tokarlik, randalash va yo’nish keskichlarini tayyorlashda ishlatiladi.

    9XS po‘lati xromdan tashqari kremniy bilan xam legirlanadi. X po‘latiga qaraganda uning toblanish chuqurligi katta (35 mm gacha); issiqbardoshligi yuqori bo‘lib, 250-260°C gacha yetadi (X po‘latniki esa 200-210°C gacha), kesish xossalari yuqori. 9XS po‘latidan parmalar, razvyortkalar, frezalar, metchiklar, plashkalar tayyorlanadi.

    XVG po‘lati xrom, volfram va marganes bilan legirlangan; qizish chuqurligi 45 mm gacha. U yirik va uzun protyajkalar, uzun metchiklar xamda razvyortkalar tayyorlashda ishlatiladi.

    XVSG po‘lati murakkab legirlangan po‘lat bo‘lib, 9XS va XVG po‘latlariga qaraganda toblanuvchanligi va qizdirilish qalinligi yaxshi. Moyda sovitilganda u 80 mm qalinlikkacha to‘la toblanadi. U o‘ta qizdirilishga sezgir emas.

    Issiqqa chidamliligi 9XS po‘latniki kabi. XVSG po‘lati dumaloq plashkalar, razvyortkalar, yirik protyajkalar va kesuvchi boshqa asboblar tayyorlashda ishlatiladi.



    Download 0.81 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Legirlangan asbobsozlik po‘latlari (GOST 5950—73)

    Download 0.81 Mb.