|
(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! CHunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)
|
bet | 7/7 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 56,57 Kb. | | #107284 |
Bog'liq Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizmning tarixi va yo`nalishlari. Dunyo hamjamiyatining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! CHunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)(Isro, 36).Demak, inson ko‘rgan, eshitgan har bir ma’lumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Alloh oldida ham so‘raladi.
Payg‘ambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha hadislarda ham shunday deyiladi: «Xabarni tekshirish Allohdan, (unda) shoshqaloqlik qilish shaytondandir», deganlar. SHuningdek, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar.
Demak, har bir olingan ma’lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, o‘sha ma’lumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga ko‘ra, shayton yo‘liga kirish hamda yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi. CHunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib qo‘yiladi.
SHunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! CHunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)
|