• «mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega
  • 9-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasstrreplA




    Download 56,57 Kb.
    bet4/7
    Sana29.11.2023
    Hajmi56,57 Kb.
    #107284
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizmning tarixi va yo`nalishlari. Dunyo hamjamiyatining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi

    Axborot urushi va uning mazmuni. Insonlararo o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
    Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiy.lashdi. bunday urushlarning moxiyatini anglashga doir metodologik yoidashl’lar, nazariyalar shakllandi. «Bunday sharoitda, – deb yozadi NA.Kostin, – axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmokda».
    Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko‘p yozilmokda. Bu tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, ilk marotaba ko‘llanilishi haqida turli, ba’zida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda to‘xtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga e’tiborni qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yi. «Boeing» kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axboro urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSH iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayogganini ta’kidlagan.
    T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya harbiylar ommaviy axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular, chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida namoyon bo‘lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
    «Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSH oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
    1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSH mudofaa kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag‘ishlangan ma’ruza qiladi. Unda mutaxassis harbiy harakatlar teatrini an’anaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konitsepsiyalarning tabiiy to‘ldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. SHu tariqa, quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga «infomakon» – axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon) bo‘ladi.
    1998 yil oktyabrda AQSH mudofaa vazirligi «Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval «Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning nomi o‘zgartirildi. Bunga sabab esa, «axborot operatsiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining o‘zaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. SHu tariqa axborot operatsiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib tomonning axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon rahbariyatini informatsion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
    Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
    Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz to‘plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda to‘sqinliklar qilish, qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. SHuningdek, axborot sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining aniq va interfaol manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
    Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab davlatlar siyosatining ystuvop yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui shakllantirildi. Jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida "Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini topgan.
    Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega» bo‘lgan bugungi kunda axborot sohasi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish – inson, jamiyat va davlat ma’naviy-madaniy xavfsizligi va barqarorligining muhim shartidir.

    Download 56,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 56,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasstrreplA

    Download 56,57 Kb.