Pnevmomexaniq yigirish mashinasining o‘rash mexanizmi




Download 5.02 Mb.
bet25/26
Sana01.08.2021
Hajmi5.02 Mb.
#16761
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Pnevmomexaniq yigirish mashinasining o‘rash mexanizmi

Yigirish kamerasining ichida shakllanayotgan ip tortuvchi vallar yordamida o‘zgarmas tezlik bilan uzluksiz chiqarib olinadi. Ip g‘altaklarga o‘ralayotganda uning g‘altak o‘qi bo‘ylab yo‘naltirib turish uchun mashina ip yuritgich bilan jihozlangan. O‘rovchi va tortuvchi vallar orasida ip ma’lum taranglikka ega bo‘lishi kerak. G‘altak tutkich ikkita richag va ikkita tarelkalardan iborat. Tarelkalar richagga o‘rnatilgan o‘qlarga kiygizilgan podshipniklarda yengil aylanadi. O‘ralayotgan ipning miqdori oshgan sari richag ko‘tarilib, bobinaning diametri kattalashib boradi.






BD-330 pnevmomexaniq yigirish mashinasining o‘rash mexanizmi
1- ip chiqaruvchi naycha;

2- ip yuritgich;

3- tortuvchi vallar;

4- nazorat datchigi;

5-parafinlash qurilmasi;

6- o‘rash vali;

7- ip taxlagich;

8- g‘altak tutkich;

9- bobina.

Pnevmomexaniq yigirish mashinalarining o‘rash mexanizmi silindrik yoki konusli bobinalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Silindrik yoki konussimon bobinalarni shakllantirish uchun g‘altak tutkichni almashtirish kerak bo‘ladi.








G‘altak tutkichlar
1 - korpus

2 - uzun richag

3 - kalta richag

4 - aylanuvchi tarelka

5 - silindr

6 - konus


Pnevmomexaniq yigirish mashinalarining o‘rash qurilmalari ehtiyojga qarab, parafinlovchi va elektron nazorat qurilmalari bilan jihozlanishi mumkin. Parafinlovchi qurilma ip sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Elektron nazorat qurilmasi yigirilayotgan ipning sifat ko‘rsatkichlarini har bir kamera yoki mashina bo‘yicha aniqlab ma’lumotni displeyga uzatadi.




Download 5.02 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 5.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pnevmomexaniq yigirish mashinasining o‘rash mexanizmi

Download 5.02 Mb.