Ish vaqti sarfini kuzatishning guruhli fotografiyasi




Download 106,24 Kb.
bet6/15
Sana14.05.2024
Hajmi106,24 Kb.
#231384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-mavzu ish vaqti sarfini kuzatish uslublari

9.4. Ish vaqti sarfini kuzatishning guruhli fotografiyasi

Ish vaqtining guruhli fotografiyasi individual fotografiyadan shu bilan far= qiladiki, bunda bir yo‘la bir nechta ob’ektdagi ishi yoki xizmat ko‘rsatish jarayoni kuzatiladi. Bu kuzatuvlarning har biri tegishli ish joyida muayyan operatsiyani bajaradi.


Ish vaqtining individual fotografiyasi, odatda, anchagina sermehnat. SHu bois u mehnat yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini operativ o‘rganish vositasi bo‘la olmaydi. Katta-katta ishlab chiqarish uchastkalarida, sexlarida jihozlarning to‘xtashlari, ommaviy kasb xodimlarining ish bilan bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qisqa muddat ichida olish va ulardan kundalik operativ rahbarlik uchun foydalanish imkonini beradigan guruhli fotografiyalar bu vazifani ijobiy hal etishda yordam beradi.
Guruhli fotografiyaning individual fotografiyadan farqi yana shundaki, bunda alohida vaqt sarflari hisobga olinmay, balki oldindan belgilangan vaqt (1-2-3 va h.k.min.) orasida kuzatuvchi tegishli ish joylarini ko‘zdan kechiradi, kuzatuv varaqasiga har bir ish joyida nimalar sodir bo‘layotganligini shartli belgilar bilan yozib qo‘yadi. Guruh xodimlari ish kunini fotografiya qilishning kuzatuv varaqasi old tomoniga, ya’ni birinchi betiga kuzatilayotgan ishchilarga asosiy tavsiflar berishdan tashqari har bir mehnat sarfiga tegishli bo‘lgan shartli belgilar-simvollar qo‘yiladi. Odatda, yaxshi esda qolishi uchun shartli belgilar-simvollar sifatida ish vaqti sarflari turlarining birinchi harflari qo‘llaniladi. Masalan, operativ ish vaqti – OP, tayyorlov-yakunlov – TYA, ish joyiga xizmat ko‘rsatish – IX, ishlab chiqarishning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar – ICHA va hokazolar.
Guruhlar fotografiyasi orqali ish kuni davomida uchraydigan tanaffuslar va bekor turishlar yoziladi, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar aniqlanadi va belgilab boriladi. Bitta kuzatuvchi tomonidan birato‘la bir guruh xodimlarning ish faoliyatini kuzatish, shaxsiy fotografiyadagi kabi ish vaqti sarflarini to‘xtovsiz hamda batafsil yozib borishga imkoniyat bermaydi.
Oraliq vaqt miqdori kuzatiladigan ob’ektlarning sonlariga bog‘liq. Amaliyotda quyidagi oraliq vaqtlar qo‘llaniladi: birato‘la kuzatiladigan ob’ektlarning soni 3 kishigacha bo‘lsa, kuzatuv varaqasiga yozib borish har 1 minutdan keyin, 4 tadan 7 tagacha bo‘lsa, har 2-3 minutdan keyin, 8 tadan 10 tagacha bo‘lsa har 3-5 minutdan keyin amalga oshiriladi.
Har bir kuzatuv orasidagi oraliq belgilayotganda, ish kuni (smena) davomida ish vaqti sarfi qanchalik ko‘p o‘lchansa (qayd qilinsa) va har bir ish vaqti sarfini qayd qilish orasi qancha qisqa bo‘lsa, olingan natijalarning aniqlik darajasi oshib borishini ham e’tibordan qochirmaslik maqsadga muvofiqdir.
Guruhli fotografiyani o‘tkazish davomida shartli belgilardan, ya’ni simvollardan foydalanilganda har bir ish vaqti turi, odatdagi ish vaqti klassifikatsiyasida ko‘rsatilganiga nisbatan yana ko‘proq va maydaroq ish vaqti turlariga bo‘linadi. Masalan, birgina tayyorlov–yakunlov ish vaqti tarkibida (sostavida) asboblarni olishga (ao), vazifalar bilan tanishishga (vbt), usta-rahbar bilan maslahatlashishga (ubm), jihozni rostlashga (JR) alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Download 106,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 106,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish vaqti sarfini kuzatishning guruhli fotografiyasi

Download 106,24 Kb.