|
Brigada ish vaqti fotografiyasining kuzatuv varaqasi
|
bet | 8/15 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 106,24 Kb. | | #231384 |
Bog'liq 9-mavzu ish vaqti sarfini kuzatish uslublariBrigada ish vaqti fotografiyasining kuzatuv varaqasi
(jihozni yig‘ish)
Tartib raqami
|
Nima kuzatildi
|
Joriy vaqt.soat,min
|
Sarflangan vaqt.min
|
Jami
|
|
kuzatuv boshlangan vaqt 8 00
|
Xodimlar
|
xodimlar
|
sarflangan vaqt.min
|
simvol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
|
1
|
Ishga kechikib keldi
|
-
|
8.07
|
-
|
-
|
-
|
7
|
-
|
-
|
7
|
IA
|
2
|
Asbob-uskunalarning tahladi
|
8.20
|
-
|
8.20
|
-
|
20
|
-
|
20
|
-
|
40
|
I.JX.+
|
3
|
Ayrim qismlarni qabul qilib oldi
|
-
|
8.53
|
8.40
|
8.53
|
-
|
46
|
20
|
53
|
119
|
TYA
|
4
|
Ish joyini tashlab ketdi
|
-
|
8.59
|
-
|
-
|
-
|
6
|
-
|
-
|
6
|
IA
|
5
|
Brigadir bilan suhbatlashdi
|
8.30
|
-
|
8.45
|
-
|
10
|
-
|
5
|
-
|
15
|
TYA
|
6
|
Jihozni yig‘di va hokazo
|
9.32
|
9.32
|
9.20
|
9.32
|
62
|
33
|
35
|
39
|
169
|
OP
|
|
Ish kuni (smena) kuzatilgan vaqtning
jami:
|
-
|
-
|
-
|
-
|
480
|
480
|
480
|
480
|
1920
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9-jadvaldan brigadada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa ish vaqtini kuzatish davomida brigada a’zolari orasida qanday taqsimlanganligi ko‘rinib turibdi. Ikkinchi xodim ishga 7 minut kechikib kelgan, birinchi va uchinchi xodim ishga o‘z vaqtida kelgan va ish joylariga asbob-uskunalarni taxlab qo‘ygan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xodim (oxirgi xodim ham ishga o‘z vaqtida kelgan) to‘quv jihozini yig‘ish uchun kerakli ayrim qismlarni qabul qilib olgan, birinchi va uchinchi xodim brigadir bilan suhbatlashgan, birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xodim to‘quv jihozini yig‘ish bilan band bo‘lgan. SHu bilan birga ikkinchi xodim ish vaqti sarfini kuzatish davomida ish joyini bir marta tashlab ketgan.
Ish vaqti sarfini kuzatishning brigada fotografiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik bosqichida kuzatuvchi brigadaning ishi bilan tanishishi, brigada tarkibiga va ishlashning tashkiliy-texnikaviy sharoitlariga qisqacha tavsif berib chiqishi kerak. Bu ma’lumotlar, odatdagidek, kuzatuv varaqasining birinchi betiga yozib qo‘yiladi.
Ish vaqti sarfini kuzatish maqsadi qandayligiga qarab, suratga olish metodikasi tanlanadi. Suratga olish har bir brigada a’zosi parallel sarflayotgan vaqtlarning hammasini ish vaqtining individual fotografiyasidagi singari birin-ketin qayd etish yo‘li bilan ham, shuningdek, momentli kuzatish uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Brigada tarkibi katta bo‘lib, uning hamma a’zolari sarflaydigan vaqtni kuzatuvchi ro‘yxatga olib ulgurmaydigan bo‘lsa, kuzatishning momentli uslubi qo‘llaniladi. Ob’ektlar holatini yozib olish momentlari orasidagi vaqt oralig‘i yozib olish uchun iloji boricha qisqaroq bo‘lishi ham kerak. Kuzatish uchun brigadadagi hamma a’zolar nima qilayotgani ko‘rinib turadigan qulay punkt tanlanishi lozim. Aks holda kuzatish va ish vaqti sarflarini aylanib yurib qayd qilish lozim bo‘ladi.
Brigada ishini kuzatishning momentli uslubi qancha vaqt bekor ketganini aniqlash imkoniyatini beradi. Lekin u brigada mehnatini oqilona tashkil etish shakllarini ishlab chiqish uchun asos bo‘la olmaydi. Bunday vazifani hal qilish uchun brigadaning har bir a’zosi sarflagan vaqt birin-ketin parallel qayd etib borilishi kerak.
Ish usullari etarli darajada uzoq davom etganda va brigada a’zolari soni kam bo‘lganda tajribali kuzatuvchi brigadaning har bir a’zosi sarflayotgan vaqtning hammasini yozib ulguradi. Ba’zi hollarda vaqt sarflarini (ish turlarini) qayd qilish bir necha kuzatuvchiga topshiriladi.
Ishlab chiqarish uchastkalari katta yoki ish joylari bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘lsa, ishchilarning ish vaqti sarfini o‘rganish uchun kuzatuvchi hamma ishchilarni bir vaqtda ko‘ra olmaydi. Bunday holatlarda marshrut fotografiyasi qo‘llaniladi. Bunda kuzatuvchi o‘rganiladigan ish joylarini oldindan belgilangan muayyan marshrut bo‘yicha aylanib yuradi hamda har bir ish joyidan o‘tib ketayotgan paytda ko‘rgan narsalarini yozib qo‘yadi.
Agar kuzatish ob’ekti harakat qilib yurgan ishchi bo‘lsa, u vaqda konkret sharoitga qarab ish kunining marshrut fotografiyasini bir yoki ikki kuzatuvchi (bittasi marshrut punktining boshida, ikkinchisi oxirida) olib boradi.
Brigadaning ish kuni fotografiyasida ham ish vaqtining haqiqiy va normativ balansi brigadadagi har bir xodim uchun ham, brigada uchun ham alohida-alohida aniqlanadi. Undan tashqari, brigada uchun ish vaqtidan foydalanishning o‘rtacha foizi va miqdorini oshirish asosida mehnat samaradorligini oshirish darajasi aniqlanadi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Brigada fotografiyasini o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlarni ishlash natijasida, yuqorida qayd etilganidek, har bir brigada a’zosining haqiqiy ish vaqti balansi tuziladi. O‘z navbatida, bu vaqt balansi alohida ijrochilarning ish bilan bandlik darajasini va qancha vaqt yo‘qotilishini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish esa, vaqtning yo‘qolish sabablarini, shu jumladan, brigada a’zolari ishidagi kutib, bekor turishlarni keltirib chiqaradigan vaqt jihatidan nomuvofiqlik natijasida vaqtning yo‘qolish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bunday fotografiyalarga asosan brigadaning maqsadga muvofiq tarkibini aniqlash va vazifalarni brigada a’zolari o‘rtasida ular ishida muvofiqlik bo‘lishini ta’minlaydigan qilib taqsimlash mumkin.
|
| |