• Kuzatuv varaqasining old tomoni
  • Kuzatuv varaqasining orqa tomoni
  • -jadval O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasining kuzatuv varaqasi




    Download 106,24 Kb.
    bet10/15
    Sana14.05.2024
    Hajmi106,24 Kb.
    #231384
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    9-mavzu ish vaqti sarfini kuzatish uslublari

    10-jadval
    O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasining kuzatuv varaqasi
    (yuza tomoni)
    Hurmatli Sattorov S.
    Korxona rahbariyati va ijtimoiy tashkilotlar Sizga murojat etib, bekor ketgan ish vaqtlari sarflarini aniqlashga va ularni yo‘qotishga yordam berishingizni iltimos qiladilar. SHu maqsadda ish kuni davomida ishingizda uchraydigan tanaffuslarni, ularning yuzaga kelish sabablari va aybdorlarini hamda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni, mehnatni tashkil etishni, uni normalashni takomillashtirishga va bekor ketgan ish vaqti sarflarini yo‘qotishga qaratilgan takliflaringizni o‘z-o‘zini ish vaqti sarfi fotografiyasining kuzatuv varaqasiga yozib ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
    Kuzatuv varaqasining old tomoni



    Korxona nomi -Toshkent to‘qimachilik kombinati
    Fabrika - to‘quv
    Bajariladigan ish - to‘qish

    Ishchining ismi, sharifi-Sattarov S. Tabel № 2235. Ixtisosi – to‘quvchi; ish staji 6 yil. O‘z-o‘zining fotografiyasini o‘tkazgan kuni normani bajarish darajasi: 135%

    Kuzatish sanasi: 10.02.2000y
    Tarif razryadi: VIII
    Kuzatishning boshlanishi: 8.00
    Kuzatishning tugallanishi: 17.00
    Kuzatish muddati: 480 minut

    Tartib raqami

    Ish jarayonida zoe ketgan vaqtlarning sabablari

    Tanaffus vaqtlarining boshlanishi

    Tanaffus
    vaqtlarining
    tugallanshi

    Davomiylik, minut

    SHu kabi ish vaqtining zoe ketishlari boshqa kunlari ham uchraydimi

    soat

    min

    soat

    min







    1

    O‘z vaqtida yigirilgan iplar olib kelinmadi

    8

    00

    8

    20

    20

    Tez-tez

    2

    Elektr simlari ta’mirlandi

    11

    10

    11

    20

    10

    Har haftada 2-3 marta

    3

    Uzilgan arqonlarni ulash uchun kerakli asboblar o‘z vaqtida olib kelinmadi

    11

    40

    11

    50

    10

    Bir oyda 6-8 marta

    4

    Fabrikada elektr chiroqlarining o‘chib qolishi

    14

    10

    14

    30

    20

    Tez-tez

    5

    To‘qilgan mahsulotni omborxonaga topshirish uchun aravachalarning etishmasligi

    15

    00

    15

    10

    10

    Bir oyda 4-6 marta

    6

    To‘quv jihozlarining nosozligi

    16

    30

    16

    40

    10

    Kamdan-kam

    Ish kuni davomida bekor ketgan ish vaqti sarflari hammasi bo‘lib 80 minut.
    Kuzatuv varaqasining orqa tomoni



    Tartib raqami

    Ish vaqtining zoe ketishini tugatish yuzasidan takliflarim

    1

    Yigirilgan iplarning o‘z vaqtida va etarli miqdorda bo‘lishini tashkil etish

    2

    Eski elektr simlarini to‘quv fabrikasi bo‘yicha 100% almashtirish

    3

    Uzilgan arqonlarni o‘z vaqtida ulash uchun zarur bo‘lgan asboblarni o‘z vaqtida va etarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash

    4

    To‘quv fabrikasidagi hamma elektr chiroqlarni tekshirib, ishlamaydiganlarini vaqtida almashtirishni tashkil etish

    5

    To‘qilgan mahsulotni omborxonaga o‘z vaqtida topshirish uchun kerakli aravachalar etarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash

    6

    To‘quv jihozlarini tasdiqlangan grafik bo‘yicha ta’mirlashni va ularning har birini ko‘zdan kechirishni ta’minlash

    Yo‘riqchi imzosi


    Xodimning imzosi

    Ish vaqtining zoe ketish sabablarini yozishni nafaqat engillashtirish, balki tezlashtirish uchun ba’zi korxonalarda «Ish jarayonida zoe ketgan vaqtning nomlari» ustuni oldindan to‘ldirib boriladi. Ishchi esa unga bo‘sh turib qolgan, zoe ketgan vaqtning minutini yozib qo‘yadi, ba’zi turdagi bekor turib qolishlarning sodir bo‘lish sabablarini ham ko‘rsatadi.
    O‘z-o‘zini fotografiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, u ommaviy va faol xarakterga ega bo‘lib, zoe ketgan ish vaqti va uning sabablarini aniqlash vositasigina emas, balki mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonidagi kamchiliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga va amaliyotga tatbiq qilishga rahbarlar, muhandislar, texniklar bilan birga xodimni ham keng jalb qilish vositasi hamdir.
    O‘z ish kuni davomidagi ish vaqti sarflarini xodimning o‘zi kuzatishi – fotografiya qilishining iqtisodiy ahamiyati bilan birga ijtimoiy sohadagi eng samarali tomoni asosan shundaki, u ish vaqtining zoe ketishiga qarshi kurashga keng xodimlar doirasini jalb qiladi, ularni faollashtiradi, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonidagi har qanday kamchiliklarga murosasizlik hissini tarbiyalaydi. O‘z-o‘zining ish vaqti fotografiyasini o‘tkazish bilan ishchilar mehnatni, ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi va ularni boshqarishdagi nuqsonlarni ochib tashlashga, mehnat samaradorligini oshirishga xalaqit beruvchi har qanday to‘siqlarni bartaraf qilishga yordam beradilar, ish vaqti zoe ketishini bartaraf qilishga qaratilgan takliflar kiritish bilan har bir xodimning mehnat samaradorligini oshirish uchun kurash jarayonidagi faol ishtirokchiga aylanadilar.
    Xodimlarning, xizmatchilarning, muhandislarning umumiy ma’lumotlari, hayotiy tajribalari, texnikaviy va madaniy darajalari o‘sishi natijasida o‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasi rivojlanishi, amaliyotga keng tatbiq etilishi yildan-yilga yanada oshib boradi.
    O‘z-o‘zini fotografiya qilish yakka va brigadali turlarga bo‘linadi. Kuzatish ob’ektlariga qarab, o‘z-o‘zini fotografiya qilishning quyidagi turlari mavjud: ishchining ish vaqti sarfini o‘lchash fotografiyasi, xizmatchining ish vaqti sarfini o‘lchash fotografiyasi. O‘z-o‘zini ish vaqti sarfi fotografiyasining yana bir ijobiy tomoni shundaki, uni ish bilan band bo‘lganlarning uchta yirik guruhida, ya’ni: 1) «OQ yoqalilar»; 2) «Ko‘k yoqalilar»; 3) «Xizmat ko‘rsatish xodimlari» kabi guruhlarining xohlaganida va ishlab chiqarishning yoki xizmat ko‘rsatishning istalgan sexida, uchastkasida yoki bo‘limida ham qo‘llanish imkoniyati mavjudligidir.
    O‘z-o‘zini fotografiya qilish kuzatish muddatlariga qarab bir smenali va ko‘p smenali bo‘lishi mumkin. Bir smenali o‘z-o‘zini fotografiya qilish shakli bir smenada boshlanadi va o‘sha smenada tugallanadi, ko‘p smenaligi esa kuzatish muddatiga qarab haftalik, o‘n kunlik va bir oylik bo‘lishi mumkin.
    O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ijobiy tomonlardan tashqari ayrim kamchiliklarga ham ega. Bu kamchilik shundan iboratki, ish kunida o‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish kuzatuv varaqasida aniq zoe ketgan ish vaqtigina yoziladi, ko‘zga ko‘rinmaydigan bekor ketgan vaqt esa aniqlanmay qoladi. Bundan tashqari, yozuvlar to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish uchun balanslashning iloji bo‘lmaydi. Vaholanki, ish vaqti sarfini kuzatishning individual yoki guruhli fotografiyasi o‘tkazilganda ish vaqti to‘g‘risida hamma yozuvlar jamlanishi, uning davomiyligi ish kuni davomiyligiga teng bo‘lishi kerak.
    O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasini ahyon-ahyonda o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tadbir, deb tushinish yoki qabul qilish kerak emas. Aksincha, ayniqsa, qoloq uchastkalarda, sexlarda uni har oyda kamida ikki ish kuni davomida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasi faqat shunday tashkil etilgandagina bekor sarflangan ish vaqtlarini aniqlash, ularni yo‘qotish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish samaradorligini, xodimning mehnat unumdorligini oshirishning haqiqiy imkoniyatlari yaratilishi mumkin.



    Download 106,24 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 106,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasining kuzatuv varaqasi

    Download 106,24 Kb.