Momentli kuzatuvning nuqta, chiziq va shtrixli ko‘rinishdagi shartli belgilari
Momentlar soni
|
SHartli belgilar
|
Momentlar soni
|
SHartli belgilar
|
nuqta va chiziqlar yordamida
|
shtrixlar yordamida
|
nuqta va chiziqlar yordamida
|
shtrixlar
yordamida
|
1
|
.
|
/
|
7
|
::
|
## //
|
2
|
..
|
//
|
8
|
::
|
## ///
|
3
|
:.
|
///
|
9
|
::
|
## ////
|
4
|
::
|
////
|
10
|
::
|
## ##
|
5
|
|::
|
##
|
11
|
::
|
## ## /
|
6
|
|:.
|
##/
|
20
|
::
|
## ## ## ##
|
Masalan, shulardan lotoreya usuli qo‘llanilganda, tennis o‘yini uchun mujallangan shariklardan 20 tasi olinadi. 2,3,4,5 va 6 raqamlari yozilgan tennis shariklari maxsus xaltacha ichiga solinib, aralashtiriladi.
Agar ish kunining boshlanishi soat 8 00 bo‘lsa, soat 7 dan 50 minut o‘tganda maxsus xaltachadan bitta tennis sharigi chiqariladi va u sharikda 4 raqami yozilgan bo‘lsa, demak, ish vaqtini dastlabki kuzatishni soat 8 dan 4 minut o‘tgandan keyin boshlash kerak. Bu 4 raqamli sharik yana xaltachaga solinib, aralashtirilib, yana bitta sharik chiqariladi. Ikkinchi marta olingan sharikda 2 raqami yozilgan bo‘lsa, unday holda ikkinchi kuzatuvni soat 8 dan 6 minut o‘tgandan so‘ng boshlash kerak. Keyingi kuzatuvlarning boshlanishi ham shu tartibda aniqlanadi.
Bir ish kuni davomida xodimning ish vaqti sarfini momentli uslub orqali kuzatuv natijasidan olingan ma’lumotlar 14-jadvalda berilgan
14-jadval
Xodimlarning ish vaqti sarfini momentli uslub orqali kuzatish
№
|
Ish vaqti sarfining turlari
|
Kuzatuv natijalari
|
Ish kuni
|
Balansi.
|
momentlar soni
|
% hisobida
|
1
|
Tayyorlov yakunlov ish vaqti
|
# # # # # # # # # # # # # # # #////
|
84
|
10
|
2
|
Operativ ish vaqti
|
## #...132…# # #////
|
689
|
82
|
3
|
Ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti
|
# # # # ////
|
24
|
2,8
|
4
|
Dam olish va shaxsiy ehtiyojni kondirish tanaffuslari
|
# # # ///
|
18
|
2,2
|
5
|
Ishlab chiqarishnin aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar
|
# # ..
|
10
|
1,3
|
6
|
Xodimlarning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar
|
# # #
|
15
|
1,7
|
|
Jami # # #...162…# # #
|
840
|
100,0
|
14-jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib (shaxsiy fotografiya kabi) quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin:
1. Ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti:
2. Foydali ish bilan o‘rtacha bandlik darajasi:
3. Ishlab chiqarishning va xodimning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslar salmog‘i:
4. Ishlab chiqarish va xodimning aybi bilan sodir bo‘lgan tanaffuslarni yo‘qotish natijasida mehnat unumdorligi oshirish darajasi, ya’ni:
Bu ko‘rsatrichlar aniqlangandan keyin, ish vaqti sarfini kuzatishning shaxsiy fotografiyasidagi kabi, momentlik uslub orqali aniqlangan ish vaqti noburdgarchiligini qisqartirishga qaratilgan tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan reja mutasaddi xodimlar tomondan tuziladi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Momentli kuzatish uslubining kamchiliklari quyidagilardir:
kuzatuvchi bitta xodimning yoki bir guruh xodimlarning ish vaqti sarfini o‘rganish uchun ko‘p vaqt va energiya sarflashi kerak, chunki xodimning ish joylari bir-biridan olis bo‘lganidan bir ish joyidan ikkinchisiga borib-kelishi, ish joylarini aylanib yurish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi;
o‘rtacha natijalarga qarab, ayrim xodimlarning ish kuni davomidagi ish vaqti sarfi tarkibiga baho berish iloji yo‘qligi;
ijrochi ishining ratsionalligi darajasini aniqlash yoki mehnat usullari va uslublarini takomilashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar olishning qiyinligi;
statistik tadqiqot natijalari ish kunining fotografiya orqali kuzatish yoki xronometraj natijalariga qaraganda tushunarli emasligi.
Mazkur ishxonaning o‘ziga xos xususiyatini aks ettiruvchi ish vaqti sarfi puxta klassifikatsiya qilinsa, momentli kuzatuv uslubi orqali olingan natijalarning samaradorligi oshadi. Bunda mazkur ishlab chiqarishga yoki xizmat ko‘rsatishga xos bo‘lgan sabablarga ko‘ra, ish kuni davomida bo‘ladigan tanaffuslarning turlarini aniq ta’riflashga alohida e’tibor berish kerak.
|