|
Ish vaqti sarfini momentli uslub bilan kuzatish
|
bet | 11/15 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 106,24 Kb. | | #231384 |
Bog'liq 9-mavzu ish vaqti sarfini kuzatish uslublari9.7. Ish vaqti sarfini momentli uslub bilan kuzatish
Xodimlarning ish vaqti sarflarini shaxsiy fotografiya orqali bevosita kuzatish etarli ma’lumotlar, aniq tadqiqotlar o‘tkazishga etarli imkoniyat yaratishi bilan bir qatorda, uni tashkil etishning o‘zi ayniqsa, birato‘la katta miqdordagi xodimlarning ish vaqti sarflarini kuzatish nazarda tutilganda ko‘p mehnat sarfini talab qiladi. Bunday sharoitlarda aniq ma’lumot bilan ta’minlashda biroz kamchiligi bo‘lsada, nihoyatda kam mehnat sarfini talab etadigan ish vaqti sarflarini kuzatishning momentlik uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 30 ta xodimning ish vaqti sarfini kuzatish uchun shaxsiy fotografiya qo‘llanilganda 30 ta kuzatuvchi kerak bo‘lsa, guruhlar yoki brigada fotografiyasi qo‘llanilganda ularning soni 6 tadan kam bo‘lmaydi, ammo momentlik uslub qo‘llanilganda esa bitta kuzatuvchining o‘zi etarli bo‘ladi. Ba’zi hollarda ish kuni davomida yordamchi xodimlarning ish bilan bandlik koeffitsientini aniqlash uchun bitta kuzatuvchi 70 tagacha xodimning faoliyatini kuzatishi mumkin.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, momentli uslub qo‘llanilganda kuzatuvchining ish vaqti sarfi shaxsiy fotografiya orqali kuzatganga nisbatan 5-10 marta kam. Bulardan tashqari, momentli uslubning uziga xos xususityalaridan yana biri shundaki, bunda ish vaqti sarflarini kuzatuvchi, ish joyida doim hozir bo‘lmasdan, oldindan tanlangan vaqt oralig‘ida kuzatiladigan xodimlarning ish joylariga to‘satdan tashrif buyuradi. Kuzatuvchi ish vaqti sarflarini kuzatishni to‘xtatishi ham, bu jarayonni bir qancha soatdan keyin, hatto boshqa ish kunida yana davom ettirishi ham mumkin. Bunday holatlar, momentli uslub orqali olingan ma’lumotlar sifatiga salbiy ta’sir etmasligi amaliyotda isbot etilgan.
Momentli uslub, yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, quyidagi jihatlarga ega:
ish kunini fotografiya orqali kuzatish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki juda kiyin bo‘lganda ish vaqti sarfini o‘rganish mumkinligi;
olingan natijalarning ish kunini fotografiya qilishga qaraganda ancha ob’ektivligi, chunki xodim ish kuni fotografiyasidagidek tarang, jiddiy turib ishlamaydi, u odatdagidek, usha o‘zi ishlab turgan izchillikda ishlayveradi;
olingan natijalarni tahlil qilishning ko‘p mehnat talab kilmasligi va jo‘nligi;
korxonalarning ishlab chiqarish operatsiyasi bir necha soatlab va bir necha kunlab davom etadigan, mehnatni ko‘p talab etadigan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchastkalarida qo‘llanish juda qulay.
Ish vaqti sarflarini kuzatishning momentli uslubi orqali erishiladigan asosiy maqsadlar quyidagilardir:
ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ishni tashkil etishning guruhli, brigada shakllarida, patoklarda, uchastka va sexlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘p sonli nafaqat xodimlarninggina emas, balki jihozlarning ham ish vaqtidan foydalanish darajsini bilish;
ish, xizmat bajaruvchining ish kuni davomidagi ish vaqti sarflari tarkibini o‘rganish, har bir ish vaqti sarfi turlarining salmog‘ini, mutlaq miqdorini hamda jihozning ish vaqtidan foydalanish holatini aniqlash;
xodimning yoki jihozning ish kuni davomida uchraydigan tanaffus vaqtlari miqdorini, har bir tanaffusning salmog‘ini, mutlaq miqdorini, har birini yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlash hamda ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mehnat va ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ning tashkiliy holatini tahlil etish va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan, tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
tayyorlov_yakunlov, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqt normativlarini hamda xizmat ko‘rsatish normalarini ishlab chiqish.
Amaliyotda momentli kuzatuv uslubi ish vaqti sarfini o‘rganishning statistik uslubi deb ham qabul qilingan. Bu uslub shundan iboratki, ish vaqti sarifni o‘rganish jarayonida kuzatuvchi uning mutlaq miqdorini yoki joriy vaqtni maxsus kuzatuv varaqasida qayd qilib o‘tirmaydi, balki har xil shartli (shtrixli, nuqtali va chiziqli) belgilar yordamida ish vaqti sarfini kategoriya va turlarga bo‘lib, undagi momentlar miqdorini yozib boradi. Boshqacha qilib aytganda, ish vaqti sarfini kuzatuvchi faqat dalillarnigina (maslan, asbob va uskunalarni taxlayapti, dam olayapti, shaxsiy ehtiyojini qondirayapti va h.k.), ya’ni ish harakatidagi har bir momentni kuzatuv varaqasida qayd qiladi, ammo bu harakatlarning har biriga qancha vaqt ketganligini yozmaydi.
Momentli uslubda ish vaqti sarfini kuzatish nihoyatda oson, unga maxsus asboblar kerak bulmaydi, uning ob’ektiv va aniq bo‘lishi esa tasodifiy tanlashning barcha sharoitlariga rioya qilinishiga, kuzatuvchi ob’ektlari holatini shaxsiy mulohazalariga asosan qayd etishdan voz kechishga batamom bog‘liq. Masalan, kuzatuvchi jihoz tomonga borayotganida jihozning uzoq vaqt to‘xtab turganini ko‘rsa-yu, lekin qayd qilish punktidan utayotgan paytida u yurgizib yuborilgan bo‘lsa, jihozni ishlab turgan, deb hisoblashi kerak.
Kuzatuvchi ish kuni davomida ish vaqti sarfini momentli uslub orqali kuzatishga alohida tayyorgarlik kurishi zarur:
mazkur uchastkada yoki sexda ish joylari qanday joylashganligi, qancha xodim ishlashi va ularning mehnati qanday shaklda tashkil qilinganligi bilan yaqindan tanishish;
sex yoki uchastka bo‘yicha kuzatuv olib boriladigan yo‘llarni (marshrutlarni) tanlashi, aylanib yuradigan yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa yo‘llarni belgilab olishi lozim, toki bir joydan ikkinchi joyga aylanib utib borishga vaqt ketmasin;
kuzatuv olib boradigan yo‘nalishda kuzatuv natijalarini yozib borish uchun to‘xtaydigan joyni (yozib olish punktini) belgilab olishi kerak, chunki yozish punkti uchun, odatda, shunday joy tanlanadiki, bunda kuzatuvchi, kuzatiluvchi xodim bilan bir qatorda bo‘lishi lozim. Doimiy ish joyi bo‘lmagan yordmachi xodimlarning ish vaqti sarfini o‘rganish uchun yozib olish punkti belgilanmaydi, balki kuzatuvchi muayyan yo‘nalish bo‘yicha kuzatib yurganida xodim harakatida ko‘rgan narsani (dalilni) qayd qiladi. Kuzatish ob’ektlarining soni kam, ularning hammasi kuzatuvchining ko‘rish doirasida bo‘lganida ular holati bitta punktda turib, lekin aylanib yurishdagi singari oldindan tanlab qo‘yilgan ketma-ketlikda qayd etiladi;
olib borilgan kuzatuv natijalarining mumkin qadar aniq, to‘g‘ri va etarli bo‘lishini ta’minlash uchun kuzatuv ko‘lamini, ya’ni kuzatuv vaqti ichida yozib olish uchun talab qilinadigan momentlar miqdorini aniqlashi kerak.
Ish vaqti sarfining turlari bo‘yicha momentlar miqdorini qayd qilish uchun kuzatuvchi kuzatilayotgan xodimning ish joyidan o‘tib ketayotganda ko‘rganini yozadi. SHuning uchun bir kuzatuvchi aylanib o‘tishda nechta xodimni kuzatishga ulgurgan bo‘lsa, shuncha ish momentlariga ega bo‘ladi. Kuzatuvchi kuzatuv natijalarini maxsus varaqaga yozib boradi.
Ish vaqti sarfini momentni uslub bilan kuzatganda momentlar miqdori matematik-statistik qonunlar asosida chiqarilgan formula (yoki formulaga asosan tuzilgan jadvallar) orqali aniqlanadi.
Barqaror (stabil) ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayoni uchun momentlar (M) miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Barqaror bo‘lmagan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayoni uchun momentlar (M) miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bu erda: M- momentlar miqdori;
K- umumiy ish vaqti sarfida tekshirilayotgan kategoriyadagi konkret ish vaqti sarfi salmog‘ining koeffitsenti;
R- kuzatuvlar natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nisbiy xatolar miqdori (ko‘pincha 3 foizdan 10 foizgacha bo‘lgan doirada belgilanadi).
Koeffitsent (K) miqdori ilgari o‘tkazilgan kuzatuv ma’lumotlariga asosan, kuzatuvlar natijasida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar (R) miqdori olingan aniq ma’lumot va umumiy ish vaqti sarfida konkret ish vaqti sarfining (K) salmog‘iga asosan belgilanadi.
Uncha katta bo‘lmagan sarflarda kuzatuv natijalarining aniqli foizini kamaytirmasdan ham R ning miqdorini oshirish mumkin.
Bir guruh xodimlar ustidan momentli kuzatuv uslubida fotografiya qilishda har bir xodim haqida aniq ma’lumot olish kerak bo‘lsa, hosil bo‘lgan momentlar miqdorini guruhdagi xodimlar soniga ko‘paytirish kerak.
Ish vaqti sarfining kuzatuv hajmini aniqlashni tezlashtirish uchun 11 va 12 _ jadvallardan foydalanish mumkin. Ularda K va R har xil darajada bo‘lganda qayd qilinishi kerak momentlar (M) miqdori ko‘rsatilgan.
11-jadval
|
| |