|
Darsning texnologik xaritasi
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 27,47 Kb. | | #107759 |
Bog'liq asdasdasd
Darsning texnologik xaritasi.
Darsning texnologik xaritasi. Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyati (o`quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo`llaniladigan vositalar tavsiflanadi.
Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari:
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o`z ichiga olib, 1-1,5-2 varaqda jadval ko`rinishida bajariladi: (1) o`quv mashg`uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
1-bosqich (5-10 daqiqagacha). O`quv mashg`ulotiga kirish.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o`quv mashg`ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o`rgatuvchili o`yin va boshqalar.), mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini, o`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash me’zonlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar.
2-bosqich (55-65 daqiqagacha). Asosiy ma’lumot beruvchilik.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi o`quv mashg`ulotining rejasi tuzilishga muvoffiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko`zlanayotgan o`quv natijalariga erishish bo`yicha ta’lim oluvchilar o`quv faoliyatini boshqaradi.
Ta’lim oluvchilar ko`zlanayotgan o`quv natijalarga erishish bo`yicha rejalashtirilgan o`quv harakatini bajaradilar.
3-bosqich (10-15 daqiqagacha). Yakuniy – natijaviy.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzu bo`yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylariga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o`zaro baholashni yakunini chiqaradi: o`quv mashg`uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun to’shiriq beradi.
Ta’lim oluvchilar o`zaro baholashni o`tkazadilar, savol beradilar, to’shiriqni yozadilar. Ilova. O`quv jarayonining tashkiliy-didaktik vazifasini bajaradi: o`quv, mustaqil ish uchun savol va to’shiriqlarni, uni baholash me’zonlarini, o`quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo`lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko`rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun to’shiriqlar (testlar, savollar, to’shiriqlar va mashqlar).
Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo`lishi kerak.
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat
|
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
I-bosqich.
O`quv mashg`ulotiga kirish
|
1.1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg`ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. M avzu bo`yicha asosiy tushunchalarni;
|
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Aniqlashtiradilar,
|
( … daq.)
|
mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini aytadi.
1.3. O`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi
|
savollar beradilar.
|
I I-bosqich.
Asosiy
( … daq.)
|
2.1. Tezkor-so`rov, savol-javob, aqliy hujum, klaster orqali bilimlarni faollashtiradi (1-2 ilovalar).
2.2. Ma’ruza, seminar, amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon qiladi (3-ilova).
|
Javob beradilar
Yozadilar
Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar va boshqalar
|
I I I- bosqich.
Yakuniy
( … daq.)
|
3.1. Mavzu bo`yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini baholaydilar, o`quv mashg`ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi (4-ilova).
3.3. Mustaqil ish uchun to’shiriq beradi va uning baholash me’zonlariny etkazadi (5-ilova).
|
O`z-o`zini, o`zaro baholashni
o`tkazadilar.
Savol beradilar
To’shiriqni yozadilar
|
Darsning texnologik xaritasi.
|
| |