|
9-mavzu: media maydonda axborot tarqatish madaniyati. Reja: Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi
|
bet | 2/2 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 46,56 Kb. | | #133044 |
Bog'liq 9-ma\'ruza mavzu mediaBirinchidan, sotsiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o’rganishni yo’lga qo’yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur. Ikkinchidan, statistik yo’nalish. Ko’p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy manfaatlar va buzg’unchi g’oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolar manbalarini o’rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo’lish. Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg’unchi g’oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo’lgan manbalarni o’rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy – siyosiy psixologik izchil ravishda o’rganib borilmog’i lozim. To’rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funksional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o’rganilmog’i lozim. Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g’oyasining ustuvorligi. Har qanday fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida, kayfiyatida, fe’l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash. Albatta, O’zbeksiton mustaqillikning o`tgan davri mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan.
Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki, Internet vositalaridan o’rin olgan jamiki axborot va ma’lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo’lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada to’g’riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir. SHundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara berishiga ishonch xosil qilish mumkin.
Muxtasar qilib aytganda, harbiy xizmatchilarimizning ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg’usini har doim shakillantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
9-mavzu: media maydonda axborot tarqatish madaniyati. Reja: Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi
|