Xodimlarni qabul qilish madaniyati




Download 34,2 Kb.
bet7/12
Sana14.12.2023
Hajmi34,2 Kb.
#118209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati-fayllar.org

Xodimlarni qabul qilish madaniyati. Tadbirkor o‘z navbatida rahbardir. U xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. Chunkixodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim:
  • suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to‘g‘risida ogohlantiring;


  • faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko‘z oldingizga


keltiring;


to’xtatib bo‘lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o‘zingizni tiying; o‘z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting; o‘z g’oyangizni izchillik bilan bayot yeting;
ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so‘zlaringiz dona-dona varavon
bo‘lsin;
qarshi tanbeh hollarda o‘zingizga nisbatan tanqidiy yondashing; shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami - bular o’rtasidagi
farqni biling;
  • savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo‘lsin;


  • muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;


  • ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering;


  • suhbatdoshingizni yumushi o‘zi uchun o‘ta muhim yekanligini unut-


mang.
Qabulingizda bo‘lgan shaxsning muammosini hal etishga imkoniyatbo‘lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida yeting.


Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioyaqilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi:
Uchrashuv chog’ida - xushfe’llik. Quloq solish chog’ida - e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida - ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.Tanqid chog’ida - o‘zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul qilishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra, qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishnio’rgatishi lozim. Agar rahbar o‘zi taklif yetib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirishi lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini
kamsitish mumkin emas.

Download 34,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 34,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xodimlarni qabul qilish madaniyati

Download 34,2 Kb.