• Yaponiyaning boshqarish uslubi
  • Xo’sh, boshqarish san’ati nima?




    Download 34,2 Kb.
    bet9/12
    Sana14.12.2023
    Hajmi34,2 Kb.
    #118209
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati-fayllar.org
    JAVOXR ^22^, 4-Lobaratoriya
    Xo’sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbar- lardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo‘lib, uning qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilar bilan yaxshi munosabat o’rnatishi, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozoetadi.
    Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan.Yaponlarning boshlang’ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab boradilar, inson ro’hiyatidan (psixologiyasidan) to‘g‘ri foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayon- ida xalqqa ma’lum bo‘lgan uslublarni qo‘llaydilar, ya’ni bajariladigan ish- ning nozik tomonlari va qat’iylikni o’rgatadilar. Ishchining ish joyini tez-tez o‘zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab, o‘z kompaniyasiga sodiq bo‘lishadi. Natijada, ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bo‘ladi, bu esa , o‘z navbatida, mehnat un- umdorligining o’sishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi.
    Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila
    43
    olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin.
    Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.
    Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatlarga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning bir necha omillarga bog’liqligini ta’kidlaganlar.
    Bular quyidagilardir:
    Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishi:
    • jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda harakat qilishini ta’minlay olishi;


    • kishilarni ishontira olishi va jamoada o‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.


    Rahbarning kishilar bilan til topib ishlash mahorati:


    • tadbirkor o‘z qo‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ish- larni taqsimlashi;


    • kishilarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foydalanishi;


    • har bir kishining ro’hiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mu-loqot qilishi.


    Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi:


    • ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishdaeng qulay yo‘llarni izlab topish;


    • vijdonlilik va adolatlilik;


    • boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.


    Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo‘lishi:


    • kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo‘lishi;


    • texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi;


    • yangiliklar va g’oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi:


    • mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish;


    • qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko’ra bilishi;


    • ishlab chiqarishda sodir bo‘luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi, tanglikdan qutulish yo‘llarini izlashi;


    • noto‘g‘ri qaror qabul qilganda o‘z xatolarini bo’yniga olishi;


    • xodimlarni boshqaruv masalalariga ko’proq jalb etishi. Tadbirkor rahbarning kishilarga munosabati:


    • o‘z va’dasi, so‘zining ustidan chiqishi;


    • kishilarni bir-biridan ajratmasligi - hammaga bir xil munosabatdabo‘lishi;


    • o‘z qo‘l ostidagilar va boshqalarga tavozeda bo‘lishi va o‘zini tuta bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;


    • kishilarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo‘lishi.


    Tadbirkor rahbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi:


    • o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholay olishi;


    • o‘z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;


    • boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil yetib, ulardan tegishli xulosa chiqarishi.


    Rahbar o‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviyva ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak.


    Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:

    Download 34,2 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 34,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xo’sh, boshqarish san’ati nima?

    Download 34,2 Kb.