• His-tuyg’u sifatlari
  • Xulq-atvor sifatlari
  • Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari
  • Uyushish-jipslashish bosqichi.
  • Nutq va tafakkur sifatlari




    Download 34,2 Kb.
    bet10/12
    Sana14.12.2023
    Hajmi34,2 Kb.
    #118209
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati-fayllar.org

    Nutq va tafakkur sifatlari - kuchli xotira, doimiy diqqatning bar- qarorligi, sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo mohiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.
    Xarakter sifatlari - maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, o‘zini tuta bilish, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o‘zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi.
    His-tuyg’u sifatlari - his-tuyg’ularning turg’unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli holatlarda to‘g‘ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, his-tuyg’ularini hisobga olish, o‘z his- hayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.
    Xulq-atvor sifatlari - yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, kishilar bilan munosabatda samimiylik, halollik.
    Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
    1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zanko’rib ko’rmaganga olish.


    2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.


    3. Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida o‘zini yo’qotib qo‘ymaslik.


    4. O‘zini anglashda faollik, kayfiyatda o‘ta sezgirlik.


    5. Jismoniy sog’lom va har tomonlama barkamollik.




    Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
    1. Mehnasevarlik, kishilarga nisbatan mehribonlik, insonparvarlik,samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.


    2. Tartiblilik va intizomlilik, o‘ziga va boshqalarga talabchanlik, o‘zgalar fikrini tushunish va hisobga olish.




    Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobili- yati namoyon bo‘ladi.

    Download 34,2 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 34,2 Kb.