• Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi.
  • Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.
  • Jamoaning tarkib topish bosqichi




    Download 34,2 Kb.
    bet11/12
    Sana14.12.2023
    Hajmi34,2 Kb.
    #118209
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati-fayllar.org

    Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoahar bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishgasafarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo‘lishimumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o‘zgartirish, o‘z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo‘l os- tidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish
    bilan qo’shib olib boradi.
    Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qolo- qlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiyruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo‘ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnasevarlik kuchayadi. Ham- korlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshi- laydi.
    Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa his- tuyg’ulari bir maqsad yo‘lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson o‘z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bi- lan bog’laydi. Atrofdagilarga ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o‘ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi.
    Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va chaqqon, ziyrak bo‘lishi kerak. Tadbirkor o‘ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishikerak. 99 foiz ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g’oyalar odamlarni yeshita bilishida paydo bo‘ladi. Buning uchun suhbatlash-ishni bilish, o’rganish, shaxsiy g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish kerak. Aks holda, u o‘z ishini baholay olmaydi.

    Download 34,2 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 34,2 Kb.