Informatika 10-sinf yozma ish




Download 37.68 Kb.
bet5/8
Sana18.12.2022
Hajmi37.68 Kb.
#35814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
05 9-10-11 sinf INFORMAT olimpiada (1)
бес ташаббус, network-topology, Concept Map Graphic Organizer
Informatika 10-sinf yozma ish

1. Son o’qida A, B va C nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalar uzunligi hamda ularning yig’indisini hisoblash dasturini tuzing.


2. O’zining koordinatalari bilan berilgan nuqta, markazining koordinatalari va radiusi uzunligi ma’lum aylana bilan o’zaro qanday joylashganligini aniqlang. (nuqta aylana ichida, tashqarisida yoki aylanada yotadi)


3. Dildoraga tug’ilgan kunida N dona konfet sovg’a qilishdi. U esa tug’ilgan kuniga kelgan o’rtoqlari bilan konfetini quyidagi tartibda bo’lishib yedi: birinchi o’rtog’iga hamma konfetlarining yarmini, keyingilariga esa har gal qo’lida qolgan konfetlarning yarmini berdi (agar qo’lidagi konfetlar ikkiga bo’linmasa oshiqcha konfetni o’zida olib qoldi). Barcha o’rtoqlariga ulashib bo’lganidan keyin qolgan konfetlarni o’zi yedi. Agar tug’ilgan kunga Dildoraning M nafar o’rtoqlari kelgan bo’lsa, uning konfetlari barcha o’rtoqlariga yetdimi? Dildoraning o’ziga necha dona konfet qoldi?


4. N natural son berilgan. N soni raqamlaridan hosil qilingan va N dan katta sonlarning eng kichigini aniqlovchi dastur tuzing.


(Masalan: N=132 uchun 123, 213, 231, 312, 321 sonlari hosil qilinadi. Ulardan 123

5. O’ramdagi avtobus chiptalari 000001 dan 999999 gacha raqamlangan. Ekranga barcha “omadli” chiptalar raqamlari (bir necha ustunlarda) va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzing. Dastlabki uchta raqamlari yig’indisi keyingi uchta raqamlari yig’indisiga teng bo’lgan chiptalar “omadli” chipta hisoblanadi.



Informatika 10-sinf test
1. 108 + 1016 · 1010 ifodaning ikkilik sanoq sistemasidagi qiymati … ga teng.

A)

10101010

B)

11000010

C)

1101000

D)

10101000

2. AA16 va 218 sonlar yig‘indisini hisoblang. Natijani ikkilik sanoq sistemasida ko‘rsating.
A) 11011011 B) 10111011 C) 11100011 D) 10010011
3. Dastur lavhasi bajarilgach butun qiymatli a va b o‘zgaruvchilar qiymatini aniqlang:
a:= 1819; b:= (a mod 100)*10+9; a:= (10*b–a) mod 100;
A) a = 81, b = 199 B) a = 81, b = 189 C) a = 71, b = 199 D) a = 71, b = 189
4. A  ( A  B) mantiqiy ifodaga teng kuchli ifodani aniqlang.

A) A   B

B) A

C) A  B

D)  A  B

5. O‘zbekistonda elektron hukumat tashkil etish uchun qanday bosqichlar kiritilgan?
1) Axborotlashtirish 2) Elektron o‘zgartirish 3) Ochiq hukumat
A) 1, 2 B) 2, 3 С) 1, 2, 3 D) 1, 3
6. A   B  C mantiqiy ifodaga teng kuchli ifodani aniqlang.
A) C   ( A  B) B)  A  C  B C) C   (A   B) D)  A   C  B
7. MS Excel da СРЗНАЧ(A1:B1)=29, СРГЕОМ(A1:B1)=20 bo‘lsa, u holda A1 va B1 kataklardagi qiymatlarni aniqlang.
A) 29; 20 B) 8; 50 C) 19; 28 D) 20; 29
8. MS Excel. C2 katakka $E$3+D3 formula yozilgan. C2 katakni B1 katagiga nusxalangandan keyin qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini aniqlang.
A) $E$3+ E3 B) $D$3+D2 C) $E$3+C1 D) $F$4+D2
9. MS Excel da D2 katakdagi “=$A1*B$3” formulani E3 katakka nusxasini ko‘rsating.
A) =$A1*B3 B) =$B1*C4 C) =$A2*B4 D) =$A2*C$3
10. MS Excel da НОД(A1:B1)=6, НОК(A1:B1)=36 bo‘lsa, u holda A1 va B1 kataklardagi qiymatlarni aniqlang.
A) 6; 36 B) 12; 18 C) 12; 36 D) A va B
11. Quyidagi dastur lavhasi bajarilgandan so‘ng P ning qiymati nechaga teng bo‘ladi?
P:=1; For I:=0 to 10 do P:=P*I;
A) 550 B) 0 C) 2550 D) 1550
12. Dastur lavhasi bajarilgach butun qiymatli a va b o‘zgaruvchilar qiymatini aniqlang:
a:=42; b:=14; a:=a div b; b:=a*b; a:=b div a;
A) a = 42, b = 14 B) a = 1, b = 42 C) a = 0, b = 588 D) a = 14, b = 42
13. Quyidagi dastur lavhasi bajarilgandan keyin C o‘zgaruvchining qiymatini aniqlang:
A:= 7; A := A – 4 ; B := –A ; C := (–A + 2 * B)*2;
A) –3 B) –9 C) –13 D) –18
14. Quyida dastur lavhasi berilgan. Keltirilgan dastur lavhasida bir o‘lchovli butun qiymatli A massivning indekslari 1 dan 10 gacha bo‘lgan elementlari qayta ishlanmoqda. Lavha ishlanishidan avval massivning barcha elementlari qiymati 1 ga teng. Dastur lavhasi bajarilgandan keyin indeks 1 dan 10 gacha o‘zgarganda to‘g‘ri bo‘ladigan tasdiqni aniqlang.
n:=10; for i:=1 to n do begin s := A[n+1-i]*i; A[n+1-i] := A[i]*i; A[i] := s; end;
A) massiv qiymati o‘smoqda B) massiv qiymati kamaymoqda
C) massiv qiymati o‘zgarmas D) massiv qiymati avval o‘smoqda, keyin kamaymoqda
15. Keltirilgan fayl nomlaridan qaysi biri berilgan izlash shartini qanoatlantirishini aniqlang: *?hel*.m*.
A) aahello.m B) hello.mdb C) hhelolo.docm D) helalolo.com
16. Palitrasi 128 ta rangdan iborat bo‘lgan 128128 piksel o‘lchamli rastrli tasvirni saqlash uchun kerak bo‘ladigan eng kichik xotira hajmini kilobaytlarda aniqlang.
A) 512 B) 8 C) 14 D) 16
17. Elektron jadvalning asosiy elementi … hisoblanadi.
A) ustun B) satr С) katak D) formula
18. Agar A = “9·9>10·10–25”, B = “1 бод=1 bayt/1 sekund”, C = “1 bayt=8 bit”, D= “1 Kilobit=1024 bayt” bo‘lsa, u holda A  D  (A  B)  (C  D) ifodaning bajarilish natijasini aniqlang.
Javob:

19. Xabarni 28800 bit/s tezlik bilan uzatuvchi modem orqali har bir pikselining rangi 3 bayt bilan kodlangan 640480 piksel o‘lchamli rangli rastrli tasvirni uzatishga necha sekund vaqt kerak bo‘ladi?


Javob:

20. Signal uzatuvchi bir qurilma sekundiga beshta signaldan birini uzatadi. Shu qurilma yordamida uzunligi uch sekund bo‘lgan necha xil turli xabarni jo‘natish mumkin?


Javob:
21. Bir sanoq sistemasida o‘nlik sanoq sistemasidagi 144 soni 100 kabi yoziladi. Sanoq sistemasi asosini aniqlang.
Javob:

22. F(n) funksiyasi qiymatini hisoblash algoritmi quyidagicha berilgan:


n ≤2 da F(n) = 3; n> 2 da F(n) = 5 ∙ F(n−1) –4 ∙ F(n−2), bu yerda n – natural son. F(15) ning qiymatini aniqlang.
Javob:

23. Elektron jadvalning (D1:E5; A2; B3) kataklar guruhi belgilangan. Bu guruhda nechta katak bor?


Javob:

24. Takrorlanish bajarilish sonini aniqlang:


L:=–2; N:=7; FOR J:=N DOWNTO L DO S:=S+A(N);
Javob:

25. Paskal. Mantiqiy amalli ifoda bajarilish natijasida nima hosil bo‘ladi?


Javob:


Download 37.68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 37.68 Kb.