12.18-rasm. Kitob sotish mashinasining asl tasviri qirqishdan
oldin.
12.19-rasmda koʻrsatilgandek, bir
vaqtda tomonlar nisbatini
saqlab va cho‘zib, tasvirni qirqish imkoniyati mavjud. Agar
tasvir oʻlchamini oʻzgartirish uchun tutqichlarning faqat bittasi
ishlatilsa, unda faqat bitta tomon oʻlchami oʻzgarganligi
tufayli
tasvir cho‘zilishi/ezilishi mumkin. Tasvirning tomonlar nisbatini
saqlash uchun barcha toʻrtta tutqich bir
vaqtda siljitilishi talab
etiladi.
12.19-rasm.
Crop vositasining ichida
Aspect ratio
funksiyadan foydalanish.
Tomonlar nisbatini oʻzgartirish - sahifaning turli
oriyentatsiyalaridan foydalanishni talab qilishi mumkin.
Tomonlar nisbatini oʻzgartirish effektiga guvoh boʻlish
uchun
12.20-rasmga qarang.
12.16-rasm avvalgisi ko’rinishiga yaqinlashgan bo‘lsa ham,
tomonlar nisbati hamon aniq tarzda sozlanmagan boʻlishi
mumkin. Tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish paytida uning
tomonlar nisbatini saqlab
qolishga yordam beradigan
qoʻshimcha usul – bu
Ctrl tugmasini bosib turib, burchakdagi
o‘lcham nuqtasini surishdir (12.17-rasm).
12.17-rasm. Tasvir oʻlchamini burchakdagi o‘lcham
nuqtasi
orqali o‘zgartirish.
12.17-rasmdagi ichki tasvir asl tasvir boʻlib, uning tashqi
shaffof nusxasi uning oʻlchamlarning qanchalik oʻzgarganini
ko‘rsatadi. Bunda tasvirning tomonlar nisbati ham boʻyi, ham
eni bir vaqtda oʻzgargani tufayli saqlanib qolgan.
Tomonlar nisbatini saqlash yoki tasvirni cho‘zishga
oid usullar