• Tasvirning yorqinligi va kontrastini oʻzgartirish Tasvirning yorqinligi deganda uning qancha miqdorda yorugʻlik chiqarishi nazarda tutiladi. U Color
  • Color Saturation
  • Tasvirning rang jilosi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet242/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    155
    12-bob: Tasvirlar


    Tasvirni qayta boʻyash
    Tasvirni 
    Recolor vositasi orqali qayta boʻyash mumkin 
    (12.30-rasmga qarang).
    12.30-rasm. Tasvirni qayta boʻyash.
    Tasvirning yorqinligi va kontrastini oʻzgartirish
    Tasvirning yorqinligi deganda uning qancha miqdorda yorugʻlik 
    chiqarishi nazarda tutiladi. U 
    Color panelidagi Brightness 
    vositasi yordamida oʻzgartirilishi mumkin (12.31-rasmga 
    qarang).
    12.31-rasm. Tasvir yorqinligini oʻzgartirish.
    Xuddi shu usul bilan tasvirning kontrastini ham oʻzgartirish 
    mumkin.
    Color Saturation vositasi uchun mavjud tanlovlardagi eng 
    chekka chap tarafda anchagina xira va past darajali rang 
    toʻyinishi, eng chekka oʻng tarafda joylashgan juda yorqin 
    (yuqori rang toʻyinishi) ranglar bilan taqqoslangan. Rang 
    toʻyinishi tasvirning rangi qanchalik xira yoki yorqinligini 
    bildiradi.
    Tasvirning rang jilosi
    Tasvirdagi rang jilosi agar past darajada boʻlsa, u tasvirni 
    goʻyoki yorugʻlik miqdori yetarli boʻlmagan xonada olingan 
    koʻrinishda aks ettiradi; aksincha, rang jilosi yuqori darajada 
    boʻlsa, tasvir yorqin joyda olingandek taassurot qoldiradi. 
    (12.28-rasmga qarang).
    12.28-rasm. Tasvirga past darajali rang jilosini qoʻllash uni 
    nisbatan qorongʻi qilib aks ettiradi.
    Rang jilosi past darajada boʻlgan tasvirga qarama-
    qarshi tarzda tasvirdagi yuqori darajadagi rang jilosi 
    rang chuqurligining haroratini oshirish orqali qoʻllanadi 
    (12.29-rasmga qarang).
    12.29-rasm. Tasvirga yuqori darajali rang jilosini qoʻllash uni 
    yorqin holatda aks ettiradi.
    156
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Biznes mijoz internetdan qoniqarli darajada foydalanishiga 
    boʻgliq boʻlib, masalan, tasvirning uzoq vaqt yuklanishi 
    xaridorlarning hafsalasini pir qilishi mumkin. Koʻplab norozi 
    xaridorlar darhol boshqa shunga oʻxshash veb-saytlarga oʻtib 
    ketadilar, bu esa veb-saytlaridagi sahifalari sekin yuklanuvchi 
    kompaniyalar uchun ayrim moliyaviy yoʻqotishlarga sabab 
    boʻladi.
    Ayrim onlayn bron qilish veb-saytlari mavjud joy yoki chiptani 
    shu vaqtning oʻzida xuddi shunday xizmatlarni koʻrsatadigan 
    boshqa veb-saytlar bilan raqobatlashish uchun mijozlarning 
    soʻrovlarini tez qayta ishlashi talab etilad. Tarmoqda nechta 
    foydalanuvchi onlayn boʻlishi va bir vaqtning oʻzida xuddi shu 
    xizmatga kirishini aniq tarzda oldindan aytish imkonsizdir. Shu 
    tufayli kompaniyalar zarur paytda imkon qadar koʻproq joy 
    yoki chiptalarni bron qilish va xaridorlarning boshqa tezroq 
    ishlaydigan veb-saytlarga ketib qolmasligi uchun tasvirlari tez 
    yuklanadigan veb-sahifalarga ega boʻlishi nihoyatda muhimdir.
    Ayrim onlayn xizmatlar hayot-mamot uchun hal qiluvchi 
    ahamiyatga ega boʻlib, tasvirlarni imkon qadar tez yuklash 
    va yuklab olinishini taʼminlashi zarur. Fuqaro jurnalistikasi 
    holatida, jamiyat vakillari joriy hodisalarning yuz berishiga 
    qarab ular haqidagi maʼlumotlarni kechikishlarsiz yozib 
    olish yoki yuklash uchun jurnalistday faoliyat olib borishlari 
    mumkin. Koʻplab holatlarda ular har xil falokatlar va tabiiy 
    ofatlar haqida tegishli idoralarni ogohlantirish orqali 
    insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish