Xulosa
●
Tasvirlar jahon boʻylab kundan kunga koʻpayib borayotgan kishilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy foydalanishdan tortib,
biznes va korporativ maqsadlarda qogʻoz va elektron shaklda har xil vaziyatlardan ishlatiladi.
●
Tasvirlar har xil maqsadlar, masalan, nuqtayi nazar yoki muammolarga alohida urgʻu berish, murakkab vaziyatlarga aniqlik kiritish
yoki ularni soddalashtirish, ma’lumotni yaxshi tushuntirish yoʻlida grafik va vizual shaklda ifodalash, hajv va kulgi, shuningdek,
baʼzan insoniy fojea va tabiiy ofatlar (yana koʻplab boshqa narsalarda; tasvirlardan foydalanishga oid mazkur roʻyxat yakuniy emas)
uchun takomillashtirishi, tahrirlanishi yoki manipulyatsiya qilinishi mumkin.
●
Tasvirni quyidagi vositalar orqali hujjat ichida aniqlik bilan joylashtirish mumkin:
●
matnni koʻchirish
●
chegaralar
●
oʻlchamni oʻzgartirish
●
Tasvirning tomonlar nisbatini saqlash va oʻzgartirish orqali uni har xil oʻlchamdagi ekran yoki hoshiyaga moslash uchun sozlash
paytida tasvir qiyaligini nazorat qilish imkonini beradi.
●
Qirqish orqali tasvirning keraksiz qismlarini olib tashlash imkoniyati mavjud, biroq bu ayrim dasturlarda koʻzda tutilgan murakkab
kesish vositalaridan farq qiladi.
●
Tasvirni aylantirish uning namoyish burchagini oʻzgartirish imkonini beradi.
●
Tasvirni akslantirish orqali uning aksini yaratish mumkin.
●
Tasvirlarni ularning rang chuqurligi, yorqinligi yoki kontrastini oʻzgartirish orqali takomillashtirib, maqsadli auditoriyaning talablariga
moslash mumkin.
●
Baʼzan, ayniqsa, aksariyat veb-brauzerlarda foydalanuvchi taassurotini yaxshilash maqsadida tasvirlarning hajmini kamaytirish
uchun ularning aniqligini pasaytirishga toʻgʻri kelishi mumkin.