KALIT SOʻZLAR
Maket: hujjat sahifasida ajratilgan
maydonda turli obyektlarni
joylashtirilish usuli.
Albom varag’i: Eni bo‘yiga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq
ko‘rinishi.
Kitob varag’i: Bo‘yi eniga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq
ko‘rinishi.
13.01 Auditoriyaning ehtiyojiga mos
kontent yaratish uchun dasturiy
vositalardan samarali foydalanish
Aksariyat dasturlarda odatiy amallarni bajarish uchun bir-
biriga oʻxshash uskunalar mavjud.
Bunga yangi hujjat yaratish,
mavjud hujjat ochish, matn yoki raqamli ma’lumot kiritish
kabilarni misol keltirish mumkin. Batafsil maʼlumot
uchun
9-bob, 9.01-boʻlimga qarang.
Yangi hujjatni ochish
Yangi hujjat ochish uchun aksariyat dasturlar bir xil usuldan
foydalanadi (13.01-rasmga qarang).
13.01-rasm. Matn bilan ishlash dasturida yangi hujjat ochish.
Tanlanadigan hujjat turi va loyihasini yaratishda yordam
beradigan shablonning har xil shakllari mavjud.
Hujjat uchun
Business shablonini tanlasangiz, yorliq, kvitansiya, izoh,
buxgalteriya hisobi va boshqa hujjat turini tanlash imkoniyati
taqdim etiladi (13.02-rasm).