Auto text takror va takror ishlatiladigan matnlar uchun
uskunadir. Bu uskunadan foydalanish
orqali bir xil matnni
qayta kiritmaysiz va vaqtingizni tejab qolasiz. Deylik, siz
yozayotgan sheʻrning ichida takroriy qator bo‘lsa, vaqtni
tejash, imlo xatolari va boshqa ma’lumot kiritishga oid
xatolarga yoʻl qoʻymaslik
uchun maqsadida funksiyadan
foydalanishingiz mumkin.
Document Property uskunasi muayyan hujjat maketini
yaxshilashga oid parametrlarni oʻz ichiga oladi.
Boshqalar toʻldiradigan forma yaratish jarayonida bu vosita qoʻl
qo‘l keladi, chunki formada har bir elementning maketini mazkur
funksiya orqali aniqlash imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi
ma’lumot kiritishi kerak boʻlgan
maydonlar sahifada aniq
belgilanadi (13.06-rasm).
13.06-rasm. Formani toʻldirishga moʻljallangan qulay maket.