practical task a Kompakt diskda “Asset 13.01.xlsx” nomli elektron
jadvalni oching va 45 soat ishlagan shaxsga oid
ma’lumotlarni chiqarib olish uchun berilgan
koʻrsatmalarga rioya qiling. Ma’lumotni boshqa ishchi
varaqqa joylashtirish:
•
Hours, Pay Rate, Total Weekly Pay, Tax va
Net Pay kabi maydonni eng yuqori qatordagi
“Wages 1” varagʻidan chiqarib olingan ma’lumotlar
joylanadigan yangi varaqqa koʻchiring;
• Yangi varaqdagi
Hours ustuniga 45 sonini kiriting;
• Shundan keyin uskunalar panelidan
Data va Filter buyrug‘ini tanlang;
•
Advanced Filter va Copy to another location tugmasini tanlang (13.21-rasmiga qarang).
13.21-rasm. Ma’lumotni elektron jadvaldagi bir ishchi
varaqdan boshqasiga koʻchirish uchun
Copy to another location uskunasidan foydalanish.
• “Wages 1” ishchi varagʻiga qaytib, ajratib olinadigan
ma’lumotlar diapazonini belgilang va,
List range buyrug‘ini tanlang;
•
Criteria Range parametrida A1:H2 buyrugʻini
tanlang (13.22-rasmga qarang).
13.22-rasm. Yangi varaqda mezon diapazonini tanlash.
•
Copy To katakchasida chiqarib olingan elektron
jadvalning natijalari aks etadigan joyni yozing;
• Chiqarib olingan elektron jadvalni yangi varaqqa
joylash natijasini ekranga chiqarish uchun
OK tugmasini bosing (13.23-rasmga qarang).
13.23-rasm.
Advanced Filter vositasidan foydalanib, bir
varaqdan ma’lumotlarni chiqarib, boshqasiga joylashning
natijalari.
Elektron jadvalning bir qismidagi ma’lumotni boshqa
varaqqa joylashtirishga oid bir necha usullarni muhokama
qiling.
13.04-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT 169 13-bob: Loyihalash
“people” deb yozsangiz, 13.24-rasmda aks etgan natijani
olasiz.
13.24-rasm. Clip Art qidiruv maydonida yozilgan “people”
kalit soʻzi uchun hosil qilingan natija.