Tasavvur qiling, siz yangi fastfud ovqatlanish joyining
marketing mutaxassisisiz va yangi olingan ishchilar uchun
oʻquv taqdimotini yaratishingiz lozim. Taqdimot yaratishni
boshlashdan
oldin ushbu fayl uchun
master slaydni
tayyorlash kerak.
Taqdimot dasturida toʻrtta slayddan iborat yangi taqdimot
faylini yarating. Master slayd tagida joylashgan bir nechta
qoʻshimcha slaydlarga koʻzingiz tushadi.
Bu master slayd
taqdimotda ishlatilishi uchun har xil slayd turlariga xos
maketdan iborat shablondir.
14.01. Asosiy slaydni yaratish.
Avval qoʻshimcha slaydlarda qo‘llaniladigan shablonni
tanlash zarur. Shundan keyin tayyor logotip,
shior, tasvir
va boshqa tegishli elementlarni qoʻllagan holda barcha
slaydlarda aks etadigan stil yaratish talab etiladi (14.01-
rasm).
14.02-rasm. Asosiy slayd va qoʻshimcha slaydlar.
Asosiy
slayd logotip, tasvir va boshqa tayyor elementdan
foydalangan holda tayyorlanishi kerak (14.02-rasm).
Asosiy slaydda stil yaratish uchun kerakli elementlarni
berilgan tartibda joylang. Stilni asosiy slayddan
boshqa barcha qoʻshimcha slaydlarga qoʻllamoqchi
boʻlsangiz,