Xulosa
●
Professional standartlarga mos keluvchi hujjatni yaratish uchun avval uning loyihasini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
●
Turli dasturlarda matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish uchun bir-biridan ozgina farqlanuvchi usullar qo‘llanadi.
●
Matnni nusxalash va nusxasini joylashtirish hamda koʻchirish
amali orasidagi farq shundaki, nusxalash va joylashtirish amalida
matn nusxalanib, boshqa maydonga joylashtirilgandan keyin ham oʻz oʻrnida
qolaveradi, ammo matnni koʻchirish amalida matn bir
joydan boshqa joyga koʻchirilgach, avvalgi oʻrnida ortiq qolmaydi.
●
Hujjatlarga obyektlarni joylashtirish, undagi maketning
barqarorligini yaxshilaydi, toʻgʻri obyektni ishlatish va kerakli maydonga
joylashtirish uchun maqbul stillardan foydalanish,
shubhasiz, auditoriyaga salmoqli taʼsir oʻtkazishga yordam beradi.
●
Aksariyat dasturlarda formatlash usullari deyarli bir xil.
●