14- bob haqida umumiy maʼlumot
Urf bo‘lgan kiyim, chiroyli avtomobil va zamonaviy uy kabi
turmushning har bir jabhasida turli stillar ko‘zga tashlanadi.
Xoʻsh, biror narsaning stilga ega
ekanligini qanday bilish
mumkin? Odatda biror narsadagi rang, shakl va ayrim
elementlarni o‘zaro mos tushishi “stilga ega” deb qabul
qilinadi.
Misol uchun, maktab binosini olsak, uni boshqa
maktablardan farqlaydigan oʻziga xos ranglar mavjudligini
payqash mumkin. Ular logotip va shioriga ega bo‘lishi kerak.
Barcha ish yuritish materiallari
hamda onlayn muloqot
elementlarida ushbu belgilardan foydalanilganda, materiallar
yagona stilda ega ekanligi koʻrinadi. Shrift turi, rangi va fon
kabi xususiyatlar elektron pochta,
veb-sayt, blog singari
kompaniyaning barcha elektron muloqotlarida, shuningdek,
xat,
hisob varaqlarida, flayer hamda broshyuralarda ham bir xil
boʻlishi lozim.
14.01 Korporativ brend va unga
xos stil
Korporativ brend deganda kompaniya yoki tashkilotni
imkon
qadar katta omma, xususan auditoriya ichida namoish
hamda targʻib etish tushuniladi. Bunday koʻrinish odatda
kompaniyaning barcha hujjatlari va onlayn materiallarida
muayyan unga
izchil stil dan foydalanish orqali taʼminlanadi.
Koprorativ brendga xos stil aslida uni yaratishda ishlatilgan
ranglar, tasvirlar (logotip), shakl
va boshqa elementlar orqali
bir kompaniyani boshqasidan farqlashga yordam beradigan
yagona stildir.
Odatiy bosma korporativ hujjatlarga korxona varaqasi, faks
shablonlari, turli formalar, hisob varaqlari,
cheklar va sotuv
kvitansiyalari kabilar kiradi. Shuningdek, aniq bir tashkilot
yoki kompaniyaga tegishli stillar ham mavjud. Odatiy onlayn
hujjatlarga veb-saytlar, elektron pochta sahifalarining
shablonlari, formalar va shu kabi hujjatlar misoldir. Tashkilot
turiga qarab, veb-sahifalar ham boʻlishi mumkin. Masalan,
taʼlim muassasasi sahifasida onlayn test yoki savolnoma,
ro‘yxatdan o‘tish formasi, forum va blog boʻlishi mumkin.
Faks hujjatlari kabi bosma hujjatlar, xuddi shu vazifani
yanada samarali bajara oladigan onlayn ko’rinishlari
paydo
boʻlayotgani bois tez orada oʻtmishda qoladi.
O‘ziga xos stillarning ishlatilishi