Taqdimotni tayyorlash uchun yangi slaydlarni tanlash
paytida, master slayd dizayni
barcha slayd maketlarida
paydo boʻlishini koʻrasiz (14.05-rasm).
14.05-rasm. Yangi slayd kiritish.
Slayd maketining yuqorisidagi boʻlim master slaydni
yaratish paytida tanlangan qoʻshimcha slaydlardan tashkil
topadi. Shablonlar roʻyxatidan tanlangan shablon yaratilgan
master slayd bilan bir xil stilda boʻladi.
Slayd maketining quyi qismi
master slayddan boshqa
barcha dizayn shablonlarini oʻz ichiga oladi. Eʼtibor bering,
bu slaydlar ham master slaydni yaratish vaqtida tanlangan
fon rangi bilan bir xil. Agar fon rangi boshqacha boʻlishini
istasangiz, uni fon xususiyatlarida o‘zgartiring.
14.02-amaliy topshiriq
KALIT SOʻZLAR
Master slaydni: taqdimotdagi barcha slaydlarda
qo‘llanadigan dizaynni yaratishga
xizmat qiladigan asosiy
slayd.
Shior: kompaniya yoki tashkilotni tanitadigan ibora yoki
soʻzlar yigʻindisi (gap boʻlishi shart emas).
Shunga oʻxshab, veb-sahifalar uchun bir xil stil yaratish
paytida, osonlik bilan shablonda stil hosil qilgan holda, barcha
sahifalarda aks etadigan yagona stilni taʼminlash uchun CSS
shablonlardan foydalanish mumkin. Veb-sahifalarga oid
muayyan stilni yaratish uchun CSS shablondan foydalanish
mavzusi veb-sayt yaratish haqidagi 21-bobda yoritilgan.
DTP dasturida zarur holatlarda ikkita asosiy sahifa yaratish
mumkin (14.06-rasmga qarang).
14.06-rasm. DTP dasturida ikkita asosiy sahifa yaratish.
Muayyan
stil barcha sahifalarga, joriy sahifaga yoki
asosiy sahifaga qanday qoʻllanishini koʻrish uchun kompakt
diskdagi “Asset 14.01.pub” faylini oching. Header va footer
maydonini qo‘shing;
ular sana va vaqt, sahifa raqamlari yoki
shunchaki vaqtni ko‘rsatish buyruqlarini oʻz ichiga oladi
(14.07-rasm).
14.07-rasm. DTP asosiy sahifasining