|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 273/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikXatoni tekshirish: turli usul yordamida hujjatning aniqligi va
toʻgʻriligini tekshirish jarayoni.
15.01 Xatolarni tekshirish uchun
dasturlardan foydalanish
Imloni tekshiruvchi dastur
Imloni tekshiruvchi dastur soʻzni oʻz lugʻatidagi barcha soʻzlar
bilan taqqoslaydi va oʻzi biladigan soʻzlarga mos kelmaydigan
soʻzning tagiga qizil toʻlqinsimon chiziq chizadi. Oʻsha soʻz ustiga
sichqoncha kursorini olib kelib, uning oʻng tugmasi bosilsa,
tanlashingiz mumkin boʻlgan muqobil soʻzlar roʻyxati chiqadi.
Agar so‘zning o‘zi toʻgʻri yozilgan deb hisoblasangiz, lugʻatga uni
yangi soʻz sifatida qoʻshishingiz mumkin.
Imloni tekshiruvchi dasturdan foydalanishda koʻp jihatlarni
hisobga olish zarur. Birinchidan, siz sozlamalarda tahrir uchun
oʻzingiz afzal bilgan tilni belgilashingiz lozim. Bunda ingliz tilining
bir-biridan ozroq farq qiluvchi Buyuk Britaniya va AQSHda
qoʻllaniladigan versiyalari ham qaratishingiz kerak. Chunki, bu
davlatlarda bir maʼnoni anglatuvchi soʻz turli shaklda boʻlishi
mumkin. Ayrim mamlakatlarning ingliz tilidagi lugʻatlarida
qoʻshimcha soʻzlar mavjud boʻlib, ular boshqalarning lugʻatlariga
kiritilmagan, shu sababli bitta ingliz tili uchun turli xil lugʻatlar
mavjud (15.01-rasmga qarang).
15.01-rasm. Matn bilan ishlash dasturida turli mamlakatlar
uchun turli xil “ingliz tili” lug‘atining qo‘llanilishi.
Agar siz “excell” soʻzini yozmoqchi boʻlsangiz, imlo uni
avtomatik ravishda “excel” so‘ziga oʻzgartirib qo‘yishi mumkin.
Ushbu funksiya “autocorrect” deb nomlanadi va u siz
yozmoqchi boʻlgan soʻzning toʻgʻri versiyasini taklif qiladi. Baʼzi
mobil qurilmalar oldindan matn taklif qiluvchi funksiyadan
foydalanadi, bu funksiya soʻzni toʻliq yozguningizga qadar
harf terayotganingizda siz yozmoqchi boʻlgan soʻzning
ehtimoliy muqobillarini taklif qiladi. Shunda siz oʻsha soʻzni
toʻliq yozmasdan, taklif qilingan soʻzlardan birini tanlashingiz
mumkin boʻladi.
Siz imlo tekshiruvi dasturiga toʻliq ishonmasligingiz kerak,
chunki u sizning jumlalaringiz mazmunini inson tilida
tushunmaydi. Imloni tekshiruvchi dastur soʻzlarni faqat oʻz
lugʻatida saqlangan soʻzlarga solishtirishi va imlo xatosi
boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirishi mumkin xolos.
Siz qoʻllagan soʻzingizning gapda toʻgʻri ishlatilganiga ishonch
hosil qilishingiz kerak boʻladi.
Insonlar matn terishda xato qilishga moyil boʻlishadi va imloni
tekshiruvchi dastur matn terish yakunlanishini kutib turishdan
koʻra, matn terish paytida imlo xatolarini aniqlab, ularni tezroq
tuzatishga yordam beradi. Bu matn teruvchining vaqtini
“...ise” va “...ize” bilan tugaydigan soʻzlarni qidirib, ularning
imlosini tekshiring. Ushbu soʻzlar qaysi mamlakat
lugʻatlarida uchraydi?
|
| |