• Belgilar orasidagi interval
  • Harfning mos shakli
  • Proofing
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet281/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    15.04-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
    Mamlakatingizda qoʻllaniladigan kodlar, masalan 
    identifikatsiya raqami, roʻyxatga olish raqamlari kabilarni 
    tahlil qiling va ularning formatini yuqorida aytib oʻtilgan 
    uslubda yozing.
    15.03-amaliy topshiriq 
    190
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Belgilar orasidagi interval
    Bu oʻlchov birliklari, inson ism-sharifining bosh harfi yoki 
    sahifa raqami kabi baʼzi soʻz yoki element uchun zarur. Ushbu 
    misolda belgilar orasida turli intervallar boʻlishini koʻrishingiz 
    mumkin. Odatda, matndagi belgi orasidagi intervalning 
    turlicha boʻlishi yoki umuman boʻlmasligi matn bilan ishlash 
    dasturiga bogʻliq boʻladi. Matn muharriri bu boʻyicha yakuniy 
    xulosasini berganidan soʻng, korrektor butun matndagi belgilar 
    orasidagi interval uchun oʻsha usulni qoʻllashi kerak boʻladi. 
    Belgilar orasidagi intervallarning turli xil koʻrinishlari mavjud:
    65 kg yoki 65kg;
    Mrs. D P Mipet, Mrs DP Mipet, Mrs D. P. Mipet, Mrs. D.P. Mipet;
    p.398, pg.398, p. 398, pg. 398.
    Hujjatdagi barcha belgilar orasidagi interval izchil ekanligiga 
    ishonch hosil qilish uchun matnni tekislamasligingiz lozim, 
    chunki bu harakat jumla oxiriga matn notekis bo‘lmasligi 
    uchun satrni toʻldiradi, natijada soʻzlar orasiga qoʻshimcha 
    bo‘sh joylar qoʻshilishiga olib kelishi mumkin.
    Harfning mos shakli
    Bu hujjatning muayyan qismida bosh harf yoki kichik 
    harfdan foydalanish va butun hujjatda unga amal qilishni 
    anglatadi. Baʼzan sarlavha faqat bosh harf bilan yoziladi va 
    unda kichik sarlavhaning faqat birinchi harfi bosh harfda, 
    qolganlari kichik harfda yozilishi mumkin. Matn bilan ishlash 
    dasturining 
    Proofing (korrektura) parametridagi AutoCorrect 
    (avtotuzatish) uskunasi sizga bosh va kichik harfning butun 
    hujjat boʻylab siz oʻrnatgan parametrda boʻlishini taʼminlaydi 
    (qarang: 15.04-rasm).

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish