9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Tezkor tugma Vazifasi
Vazifangiz: skrinshotni shu 
yerga kiriting
Ctrl + Shift + 1
Bu yorliq faol katakchadan pastda va oʻngda joylashgan maʻlumotlar 
oraligʻini tanlaydi. Bu ana shu varaqdagi barcha maʼlumotlar bilan 
cheklangan.
Ctrl + Shift + 2
Bu yorliq faol katakchangiz boshlanishidagi mazkur varaqdagi 
ustunni maʼlumot oxirigacha qamrab oladigan maʼlumot oraligʻini 
belgilaydi.
Ctrl + Shift + 3
Bu yorliq sizni elektron jadvalingizning keyingi ish sahifasiga olib 
boradi.
Ctrl + Shift + 4
Bu yorliq faol katakchangiz boshlanishidagi satrda joylashgan barcha 
maʼlumotlarni tanlaydi va shu holatdan chap tomonga oʻtadi.
Ctrl + Shift + 6
Bu yorliq faol katakchangiz boshlanishidagi satrda joylashgan barcha 
maʼlumotlarni tanlaydi va shu holatdan chap tomonga, biroq ish 
varagʻidagi maʼlumotlar oraligʻining oxirigacha oʻtadi.
Ctrl + Shift + 7
Bu yorliq barcha ma‘lumotlarni faol katakchaning boshlanish 
nuqtasidan yuqoriga va maʼlumotlar oraligʻining oxirigacha tanlaydi.
Ctrl + Shift + 8
Bu yorliq faol katakchadan ikki ustun yuqori va chap tomondagi 
maʼlumot oraligʻini oxirigacha tanlaydi.
16.01-jadval. Tezkor tugma turlari.
197
16-bob: Grafik va xaritalar


Panjarali diagramma va grafiklar
Ustunli va panjarali diagrammalar bir-biriga oʻxshash 
koʻrinishga ega boʻlsa-da, ular maʼlumotni boshqacha 
ifodalashda qo‘llanishi mumkin. Panjarali jadvallar bir nechta 
qiymatlarni ifodalash uchun juda mos keladi. Bu vaqt oʻtishi 
bilan oʻzgaradigan qiymatlarni ifodalashda yoki “agar bunday 
boʻlsa-chi?” kabi risolalarda qoʻl kelishi mumkin. Avvalroq 
tushuntirib oʻtilgan talabalarga oid maʼlumotlar kabi misolda 
talabalarning bir nechta test boʻyicha baholari grafikda 
ifodalanishi mumkin edi. Bu, masalan, vaqt oʻtishi bilan 
1-semestr, 2-semestrdagi ularning baholari va boshqalarni 
aks ettiradi. Muqobil tarzda, talabalar imtihonda turli xil 
ishlarda, masalan, 1-qogʻoz, 2-qogʻoz va boshqalarda qanday 
ishlaganini koʻrishingiz mumkin boʻladi. Bunday taqqoslash 
savollar berishingizga imkon beradi, masalan, talaba pastroq 
yoki yuqoriroq baho olgan boʻlsa nima boʻladi. Xuddi shu kabi
bir qarashda, koʻp qiymatga ega jadvalni koʻrib qaragandan 
koʻra, talaba maqsadli baholashdan qanchalik uzoqligini 
koʻrishingiz mumkin edi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish