|
Grafik/diagramma tuzishda tegishli Pdf ko'rish
|
bet | 288/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikGrafik/diagramma tuzishda tegishli
maʼlumotlar oraligʻini qanday tanlash kerak
Grafik yoki diagramma tuzish uchun maʼlumot oraligʻini
tanlashda turli klaviatura yorliqlaridan foydalanishingiz
mumkin. Bunday yorliqqa misol tariqasida bir nechta ekranni
qamrab oladigan juda katta maʼlumotlar oraligʻini tanlash
kerak boʻlsa, “Ctrl + Shift + 8” yorligʻidan foydalanish foydali
boʻlishini keltirish mumkin. Quyidagi amaliy topshiriqda turli xil
risolalarda ulardan qanday foydalanish mumkinligini xususida
turli xil yorliqlar bilan mashq qilishingiz mumkin.
Diagramma va grafik turlari
Ustunli diagramma va grafiklar
Diagramma yoki grafik yaratishda auditoriya ehtiyojlarini
qondirish uchun jadval yoki grafik turini talab etilgan maqsadda
oʻzaro solishtirishingiz kerak. Yuqorida keltirilgan kategoriyalar
boʻyicha qiymatlarni taqqoslashingizda maʼlumotlarni
ifodalashda misollarda ustunli diagramma yoki grafik eng
mos boʻlishini oʻrganib oldingiz. Talabalarga oid maʼlumotlar
misolida qiymatlar talabalar baholarini, kategoriyalar esa turli
talabalarning ismlarini aks ettiradi.
Diagramma va grafiklarni yaratish boʻyicha onlayn
qoʻllanmalarni oʻrganing va aloqali hamda aloqasiz
maʼlumot oraliqlariga ega boʻlganingizda diagrammalar
yaratishning turli xil usullarini muhokama qiling.
16.01-QO‘SHIMCHA MASHGʻULOT
Kompakt diskdagi “Asset 16.01.xlsx” elektron jadvalidagi “Talabalar maʼlumotlari” ish jadvaliga murojaat qiling. Quyidagi qisqa
topshiriqlarni bajarish uchun 16.01-jadvaldagi yorliqlardan foydalaning. Ularning har biri ehtiyojlaringizga koʻra belgilangan
maʼlumot oraligʻini tanlash imkonini beradi.
Klaviaturadagi raqamlar panelni
Num Lock yordamida ham ishlatishingiz mumkin, garchand dasturning baʼzi versiyalarida bu
ishlamasligi mumkin.
16.01-jadvalda soʻz bilan ishlov berilgan jadval tuzing. Kursoringizni talabalarga oid maʼlumotlar aks etgan istalgan katakchaga
joylashtiring va chap qoʻldagi ustundagi yorliqlardan foydalaning. Oʻrtadagi ustun yorliq nima qilishini tushuntiradi va
natijangiz skrinshotini olib oʻng qoʻldagi ustunga joylashtirishingiz kerak.
|
| |