|
-bob haqida umumiy maʼlumot Pdf ko'rish
|
bet | 285/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik16-bob haqida umumiy maʼlumot
Grafika va diagrammalar — raqamli ma’lumotlarning vizual
ko‘rinishi bo‘lib, inson miyasi uchun turli xil maʼlumot turlari va
ularning kategoriyalari oʻrtasidagi munosabatlarni tushunishni
yengillashtiradi. Raqamli maʼlumotlarni diagrammalar
va grafikalar koʻrinishida taqdim etish – maʼlumotlarni
taqqoslash, kelajakdagi ehtimoliy moyillikni (trend yoki
tendensiya) bashorat qilish va maʼlumotlar qatorining tarixiy
moyilligini kuzatish imkonini beradi. Maktablar o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini — ularning turli fanlar boʻyicha baholari, oʻquv
choraklari, test sinovlari va boshqalarni taqqoslashi mumkin.
Maʼlumotlar qatorining moyilligini diagramma yoki grafikada
koʻtariluvchi, tushuvchi yoki bir xilda turganini koʻrishingiz
mumkin. Shuningdek, trendning oʻzgarishini kuzatishingiz
mumkin boʻladi; masalan, talabaning davomati tushishni
boshlaganda, jadval trendi pastga qarab yoʻnalganini
koʻrsatadi. Yana bir misol kelajakda yuz berishi mumkin
boʻlgan voqealarni taxmin qilish imkoniyatini beradi, masalan,
talaba bahoni yaxshilay oladimi? Koʻplab oʻquv muassasalari
imtihonlarda oʻz talabalarining avvalgi baholari va boshqa
maʼlumotlardan kelib chiqqan holda imtihonlarda qanday
natijalarga erishishi mumkinligini taxmin qilishadi.
16.01 Grafik yoki diagramma
yaratish
Diagramma yaratish uchun biror sabab boʻlishi kerak.
Auditoriyangizga qanday g’oya yetkazmoqchisiz? Oʻz
diagrammangizni yoki grafigingizni yaratishga kirishishdan
oldin diagramma yoki grafik bilan bogʻliq atamalarni va turli
xil grafiklar va grafik turlari oʻzi nima ekanligini tushunishingiz
kerak. Bundan tashqari, auditoriyangizga yetkazmoqchi
boʻlgan g‘oya uchun jadval yoki grafikning eng mos keluvchi
turini bilishingiz kerak.
Turli xil jadvallarni 16.01-rasmda koʻrish mumkin.
16.01-rasm. Turli xil jadval va grafiklar.
Ustunli diagramma – bu kategoriyalar boʻyicha qiymatlarni
taqqoslash uchun eng mos jadvaldir; masalan, turli talabalar
baholarini oʻzaro taqqoslashingiz mumkin boʻladi.
16.02-rasm. Turli kategoriyalar boʻyicha xarajatlarni
taqqoslash uchun ustunli diagrammadan foydalanish (bu
holatda turli talablar misol qilingan).
|
| |