Qatorlar oraligʻining oʻzaro muvofiqligi
15.06-rasm. Belgilar, qatorlar va abzats orasida bir xil oraliqni
oʻrnatish uchun kengaytirilgan sozlamalardan foydalanish.
“Yakka” qator – abzasning oxirgi
satri yangi sahifa yoki
ustunning birinchi satriga oʻtib qolish holati. “Yetim qator”
– abzasning birinchi satri sahifaning yoki ustunning oxirgi
satriga tushib qolish holati. Buni ularni qabul qilish yoki
rad etish sozlamasini tanlash orqali
bartaraf qilish mumkin
(15.06-rasmga qarang). Ular matn shaklining “chiroyi”ni buzishi
bilan birga, oʻqishda ham noqulaylik tugʻdiradi. Xuddi shu holat
roʻyxat, ustun va slaydlar uchun ham oʻrinlidir.