• Uchinchi tomon korrekturasi
  • Raqamlar oʻrni almashib qolishi




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet280/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Raqamlar oʻrni almashib qolishi
    Raqamlar oʻrnining almashib qolishi, odatda, sonni qayta 
    yozishda yoki terishda undagi raqamlarning tartibi oʻzgarib 
    qolishini anglatadi. Buni yana transpozitsiya xatosi ham 
    deyiladi. Bunga misol qilib 1235677 oʻrniga 1325677 ni yozishni 
    koʻrsatish mumkin. Bunday holda, ikkinchi va uchinchi 
    oʻrinda turgan raqamlarning oʻrni almashib qolgan. Garchi 
    bu kichik xatoday tuyulsa-da, u moliyaviy koʻrsatkich sifatida 
    qoʻllanilgan boʻlsa, salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. 
    Bunday xatoni aniqlash uchun ikkita sonning istalgan qoʻshni 
    ikkita raqamlari ayirmasi 9 ga boʻlinishini tekshirishingiz 
    mumkin. Yuqoridagi misolda siz dastlabki ikkita raqamni 
    bir-biridan ayirib, 9 ga boʻlinishini tekshiring va agar u ayirma 
    toʻqqizga boʻlinsa, bu raqamlar oʻrni almashib qolganini 
    bildiradi. Har bir qoʻshni raqamlarni ushbu usul yordamida xato 
    topilgunga qadar tekshirish mumkin. Birinchi ikkita qoʻshni 
    raqam 12 va 13 ga teng. Agar 13 dan 12 ni olib tashlasangiz, bu 
    ayirma 9 ga boʻlinmaydi. Keyin esa, navbatdagi ikkita raqamni 
    tekshirasiz: 23 va 32. 23 dan 32 ni ayirsak, ayirma -9 boʻlib, bu 
    son 9 ga boʻlinadi, demak, transpozitsiya xatosi ana shu yerda 
    boʻlgan ekan. Keyingi ikkita qoʻshni raqam 56 va 56 boʻladi 
    va ketma-ketlikdagi boshqa barcha raqamlar toʻlaligicha bir 
    xil ekanini ko‘rasiz. Bank kassalari odatda ushbu usuldan 
    raqamlarni qayta yozishda qayerda xato bo‘lganini aniqlash 
    uchun foydalanadilar.
    Uchinchi tomon korrekturasi
    Korrektura – bu siz bergan matnning imlosini uchinchi 
    tomon tarafidan tekshirish usulidir. Siz hujjatni uning asl 
    nusxasi bilan solishtirib oʻqib chiqishingiz yoki u hujjatning 
    oʻzini tekshirib chiqishingiz mumkin. Korrektura zavq 
    uchun oʻqishdan farq qiladi. Unda siz matndagi faktlar va 
    maʼlumotlarning mazmuniga eʼtibor qaratmaysiz. Siz faqat 
    har bir soʻzning imlosini tekshirasiz, grammatik xatolarni koʻrib 
    chiqasiz. Matndagi baʼzi gaplarning tuzilishini oʻzgartirishingiz 
    mumkinligi sababli, hujjatning asl nusxasiga kiritgan barcha 
    oʻzgarishlar koʻrinib turishi uchun oʻzgarishni kuzatib borish 
    vositasidan foydalanishingiz maqsadga muvofiqdir.
    Agar bir hujjatning ikki xil talqinini solishtirayotgan boʻlsangiz, 
    ularni bitta oynada koʻrib chiqishingiz va har ikkala hujjatning 
    toʻliq mos kelishini taʼminlash uchun har bir jumla qatorini 
    soʻzma-soʻz koʻrib chiqishingiz kerak boʻladi.
    Xuddi shu algoritmni ikkita ISBN raqam – 978-1-131-
    650074-3 va 978-1-3166-2741-9 ni solishtirishda qo‘llang.
    Ikki yoki undan ortiq kitobdan 10 ta raqamli ISBNni 
    topib, ularni solishtirishda tatbiq etilishi mumkin boʻlgan 
    algoritmni oʻrganing. Unga boshqa algoritmni qoʻllang 
    va kompyuter tizimidagi kiritish xatolarini kamaytirish 
    vositasi sifatida nazorat raqamini tekshirish usulini 
    qoʻllashning afzalliklari va kamchiliklari toʻgʻrisida 
    fikrlaringizni jamlang va o‘rtoqlashing.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish