Koʻzdan kechirish
Elektron jadval yoki maʼlumotlar
bazasi dasturida oldindan
belgilangan elementlar roʻyxatidan tanlash imkonini
beruvchi koʻzdan kechirish
jadvalidan foydalanishingiz
mumkin. Shunday qilib, siz maʼlumotni
kiritishda xatolikka
yoʻl qoʻymaysiz, chunki sizning tanlovingiz koʻzdan kechirish
jadvalidagi maqbul elementlar bilan cheklangan bo‘ladi. Buni
kompakt diskdagi “Asset 15.01.xlsx”
fayliga qarab elektron
jadvalda qanday ishlashini koʻrishingiz mumkin.
Tasvirni/formatni tekshirish
Buyuk Britaniyadagi avtomobil roʻyxatga olish raqamining
formati LLNN LLL boʻlib, bu yerda “L” – alifbodagi harf va “N”
– 0 dan 9 gacha boʻlgan raqamni ifodalaydi.
Raqam formati
yoki kodni bilish bunday maʼlumotlarning ishonchliligini darhol
tekshirishingiz mumkinligini anglatadi.
15.02 Korrektura usullari
Maʼlumotlarni kiritishda aniqlik katta ahamiyat kasb etadi.
Chunki aniq maʼlumot ularni qayta ishlashdan soʻng ishonchli
natija beradi. Maʼlumot notoʻgʻri boʻlsa, natija ham notoʻgʻri
boʻladi, shuning uchun ularni
qayta ishlash qanchalik
mukammal amalga oshirilganiga qaramay, ulardan foydalanib
boʻlmaydi. Uchuvchining parvoz yoʻlini rejalashtirish uchun
foydalanadigan tizimga kiritiladigan ob-havo maʼlumotlari
bunga misol bo‘ladi. Agar shamol yoʻnalishi “janubdan
sharqqa” emas, balki “shimoldan sharqqa” sifatida notoʻgʻri
yozilgan boʻlsa, uchuvchi
parvoz uchun boshqa uzunroq
parvoz yoʻlini tanlaydi. Oqibatda u koʻproq yonilgʻi sarflashi
yoxud xavfli yoʻnalishga kirib qolishiga olib keladi.