|
Xatolar sonini imkon qadar kamaytirish uchun Pdf ko'rish
|
bet | 277/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikXatolar sonini imkon qadar kamaytirish uchun
tekshirish tartiblaridan foydalanish
Maʼlumotlarni elektron jadvalga yoki maʼlumotlar bazasi
dasturiga kiritishda yoki internetdagi formani toʻldirishda
tekshirish usuli yordamida notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilishini
kamaytirish mumkin.
Tekshirish – maʼlumotning notoʻgʻri
kiritilishining oldini olishga yordam beradigan usuldir.
Maʼlumotlar bazasi yoki elektron jadvalni sozlayotganingizda,
maʼlum bir katakka qaysi turdagi maʼlumot turi kiritilishi
kerakligini tekshirish qoidasini oʻrnatishingiz mumkin.
Kompyuter tizimiga kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy boʻlishi
mumkin, ammo ular doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi.
Misol tariqasida kimningdir yoshini 11 emas, balki 16 deb
kiritilganini koʻrsatish mumkin. Agar tekshirish qoidasida 1
yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan barcha yosh koʻrsatkichlari
haqiqiy deb olingan boʻlsa, ularning ikkalasi ham haqiqiy
maʼlumot boʻlishi, lekin toʻgʻri maʼlumot boʻlmasligi mumkin.
Maʼlumotni kompyuter tizimiga kiritishda yuqori aniqlikni
taʼminlash uchun, odatda, tekshirish deb ataluvchi bir usul
ham qoʻllaniladi. Tekshirish paytida maʼlumotlar boshqa
shaxs tomonidan kiritilishi mumkin va kiritilgan ikki matn
bir-biri bilan taqqoslanadi. Ma’lumotdagi farq kiritilgan
maʼlumotning toʻgʻriligini tekshirish uchun dastlabki hujjat
bilan taqqoslanadi. Xato yozish ehtimolini kamaytirishda turli
tekshirish usullarini qo‘llash mumkin.
KALIT SOʻZLAR
Tekshirish: notoʻgʻri maʼlumot turini kiritmaslik uchun qoidalarni
oʻrnatishda foydalanish mumkin boʻlgan tekshiruv usuli.
Oraliqlarni tekshirish
Siz kiritgan maʼlumotlar maʼlum bir oraliqqa tegishli yoki
tegishli emasligini tekshiradi. Masalan, siz biror qator uchun
faqat 10 dan 30 gacha sonlar kiritilishi kerakligini belgilab
qo‘ydingiz. Agar siz tasodifan ushbu oraliqqa tegishli
boʻlmagan sonni kiritsangiz, tizim u sonni qabul qilmaydi va bu
orqali xato qilishingiz ehtimolini kamaytiradi. Siz aniq raqamni
kiritishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, oʻquvchining
nazorat ishiga maksimal baho 30 ball qilib belgilangan boʻlsin.
Unda siz 30 dan yuqori qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qilish
uchun ushbu tekshirish usulidan foydalanishingiz mumkin.
Ammo, agar siz Joe Blogg ismli oʻquvchining ballini 21 deb
kiritgan boʻlsangiz-u, aslida uning balli 12 boʻlishi kerak
boʻlsa, sizning tekshirish tizimingiz bu oʻquvchining bahosini
oʻzgartirib qoʻymaydi va 21 deb qabul qiladi. Tekshirish
usullari tizimga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritish ehtimolini
kamaytirishgagina yordam beradi. U kiritilgan maʼlumotlarning
toʻgʻriligini kafolatlay olmaydi.
|
| |