Ma’lumot turini tekshirish
Maʼlumotning raqamli, matnli, valyuta, sana, vaqt kabi
koʻrinishlari mavjud.
Maʼlumot turining muvofiqligini tekshirish sizga sanani
31/02/15 shaklida kiritishga ruxsat bermaydi,
chunki fevral
oyida odatda 28 va kabisa yilida 29 kun bor xolos. Bu yerda esa
31 yozilgan va buni tizim qabul qilmaydi.
Uzunlikni tekshirish
Bu siz kiritgan maʼlumotdagi belgilarning qisqa yoki uzunligini
tekshiradi. Uyali telefon raqamlari odatda 11 ta raqamdan
iborat boʻlib, agar siz bundan kam
sonli raqamni kiritmoqchi
boʻlsangiz, tekshirish tizimingiz bu xatolik toʻgʻrisida xabar
beradi yoki tizim notoʻgʻri maʼlumotlarni qabul qilishiga yoʻl
qoʻymaydi.
Nazorat raqami
Bu baʼzi bir maʼlumotlarga muayyan algoritmni qoʻllash
natijasida hosil boʻladigan raqam. U boshqa raqam bilan
taqqoslanadi va agar u raqam bilan mos kelsa, demak, siz
raqamni toʻgʻri kiritgan boʻlasiz.
Kitobning ISBN raqamini
tizimga kiritish “nazorat raqami”ni tekshirish usulidan toʻgʻri
foydalanishga yaxshi misol boʻla oladi. Bunga siz “modulo
11” tizimini qoʻllashingiz mumkin. Bu siz kiritmoqchi boʻlgan
raqamni 11 ga boʻlib, qoldigʻini hosil qiladi. 7 mod 4 = 3 kabi
boshqa shunday tizimlarni ham sinab koʻrishingiz mumkin.
Agar tizimga bir qator ISBN raqamini kiritish va unga “modulo
11” tizimini qoʻllashni istasangiz, u ISBN (13) 978-1075-4673-8
raqami uchun quyidagicha ishlaydi.
Ushbu 13 talik ISBN raqamlarining har biridagi oxirgi raqam
“nazorat raqami” deb ataladi. Birinchi holda, bu raqam 8.
Nazorat raqami – bu algoritmni ISBNga qoʻllashdan
keyin
olingan raqam bilan mos keladigan raqam. Agar bu ikki raqam
oʻzaro bir xil boʻlsa, demak siz ISBN raqamingizni tizimga toʻgʻri
kiritgan boʻlasiz.
Har bir raqam tagiga 3 yozing va 15.01-jadvalida
koʻrsatilgandek, undan keyin 1 raqamini yozib chiqing.
Soʻngra 15.01-jadvalda koʻrsatilgandek, har bir raqamni
1 yoki 3 ga koʻpaytiring va har bir yigʻindini oʻzaro qoʻshib
chiqing: javob 102 chiqadi. Keyin esa, bu songa (102)
qaysi
sonni qoʻshsa, unga eng yaqin 10 ga karrali son chiqishini
topishingiz kerak. Bu yerda, 102 + ? = 110. Javob: 8. Algoritmni
dastlabki raqamga qoʻllaganingizdan soʻng,
bu siz hisoblagan
raqam va ISBN raqamidagi oxirgi nazorat raqami bilan bir
xil ekanini koʻrishingiz mumkin. Bu ISBNni tizimga toʻgʻri
kiritganingizni anglatadi. Ushbu alohida algoritm faqat 13 ta
raqamli ISBNlarga tegishli boʻlib, 10 ta raqamli ISBNlar uchun
boshqacha algoritm qoʻllaniladi.
9
7
8
1
1
0
7
5
4
6
7
3
?
1
3
1
3
1
3
1
3
1
3
1
3
9 × 1
7 × 3
8 × 1
1 × 3
1 × 1
0 × 3
7 × 1
5 × 3
4 × 1
6 × 3
7 × 1
3 × 3
9
21
8
3
1
0
7
15
4
18
7
9
= 102
15.01-jadval. 978-1-107 uchun nazorat raqamini hiosoblash.
Ma’lumot turini tekshirish tizimga notoʻgʻri maʼlumot
kiritishga toʻsqinlik qilmaydigan misollarni ham oʻylab
koʻring.