Diagramma va grafik elementlari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Diagramma va grafik elementlari
Diagramma yoki grafikda turli qismlardan iborat. Sarlavha 
auditoriyangizga jadval yoki grafik yordamida yetkazmoqchi 
boʻlgan g‘oyangizni aks ettirishi kerak. 16.02-rasmda jadvalda 
turli talabalarning olgan baholari oʻzaro taqqoslangan holda 
koʻrsatilgan. Turli kategoriyalar bu vaziyatda — talabalardir, 
lekin bu mavzuga binoan boshqa har qanday kategoriyalar 
boʻlishi mumkin. Yana bir misol tariqasida bir xil turdagi 
mahsulotning turli doʻkonlardagi narxlarini taqqoslashni 
keltirish mumkin. Ustunli jadvaldagi kategoriyalar gorizontal 
(X) oʻqi koʻrinishida ifodalanadi.
Qiymatlar har bir talaba (kategoriya) ning olgan baholarini 
ifodalaydi va ular vertikal (Y) oʻq koʻrinishida aks etadi.
Gistogramma bir nechta qiymatlarni taqqoslash uchun 
ko‘proq toʻgʻri keladi (16.03-rasmga qarang).
16.03-rasm, Kategoriyalar (turli talabalar) boʻyicha bir nechta 
qiymatlarni (“1-semestr” va “2-semestr”) taqqoslashda 
gistogrammadan foydalanish.
Bu bobning qolgan qismidagi munozarani kuzatish uchun 
kompakt diskdagi “Asset 16.01.xlsx” faylidagi elektron jadvalga 
murojaat qiling.
195
16-bob: Grafik va xaritalar


Chiziqli grafiklar trendni koʻrsatish orqali kategoriyaning 
vaqt oʻtishi bilan qanday ishlashini namoyish etishi mumkin. 
16.04-rasmda bitta kategoriya koʻrsatilgan: Jon vaqt oʻtishi bilan 
toʻrt xil vazifani qanday bajargan. Uning pasayishga moyilligi 
mavjud, demak u har bir keyingi topshiriqni uddalay olmayapti. 
16.05-rasmda ikkita kategoriya uchun trendlar koʻrsatilgan va 
Jasurning pasayishga boʻlgan moyilligiga nisbatan Jamilaning 
oʻsishga boʻlgan moyilligi mavjud. 16.05-rasmdan ikkala 
moyillikni koʻrsatish va bir nechta kategoriyadagi moyilliklarni 
taqqoslash uchun foydalanish mumkin.
16.04-rasm. Jasurning turli vazifalarni ijro etishi (trendi) ni 
koʻrsatish uchun chiziqli grafik (vaqt oʻtishi mobaynida) dan 
foydalanish.
16.05-rasm. Bittadan ortiq kategoriyadagi trendni koʻrsatish 
uchun chiziqli grafikadan foydalanish.

Download 132,8 Mb.
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish