|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 283/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikTasdiqlash
Tasdiqlash soʻzi turli xil matn kontentida bir xil maʼnoga ega.
Bu, asosan, biror narsaning toʻgʻri va aniqligini tekshirish,
sinash yoki bunga rozi boʻlishni anglatadi. Emaildan
foydalanib, biror onlayn xizmatga obuna boʻlganingizda,
odatda tizim tomonidan yaratilgan elektron xabarga javoban
oʻzingizning shaxsingizni tasdiqlashingiz soʻraladi.
Vizual tasdiqlashni bir hujjatni uning asl nusxasi bilan
taqqoslashga o‘xshatish mumkin. Unda kiritilgan maʼlumotlar
va asl hujjatdagi maʼlumotlar koʻzdan kechirish orqali
solishtiriladi. Ushbu bobning boshidagi “Korrektura” boʻlimiga
qarang.
KALIT SOʻZLAR
Tasdiqlash: tizimga kiritilgan maʼlumotni tuzatish yoki uning
muqobilini taklif qilishga imkon beruvchi tekshirish usuli.
Vizual tasdiqlash: hujjatning aniqligi va toʻgʻriligini vizual
tekshiriladigan usul.
Maʼlumotni ikki marta kiritish: COUNTIF elektron jadval
funksiyasi va shartli formatlash bilan bir qatorda elementning
ikkita roʻyxatidagi farqni ajratib koʻrsatish.
Maʼlumotlarni ikki marta kiritish tasdiqlashning
boshqa bir usuli boʻlib, unda maʼlumotlar ikki marta
kiritiladi, soʻngra kompyuter ikkala maʼlumotlar toʻplamini
taqqoslaydi. Buni ikkala maʼlumotlar toʻplamini kiritgandan
soʻng yoki maʼlumotlarni kiritish paytida taqqoslash orqali
amalga oshirish mumkin. Elektron jadvalda siz “COUNTIF”
funksiyasidan va shartli formatlashdan foydalanishingiz
mumkin, bu ikkala roʻyxatda farq qiladigan har qanday yozuvni
ajratib koʻrsatadi.
Tekshirish hamda tasdiqlash zaruriyati
Ushbu tekshirish usulining har biri hujjatga kiritiladigan
maʼlumotning toʻgʻriligini yoki aniqligini tekshirishning turli
jihatlarini taklif etadi. Tekshirish siz kiritgan maʼlumotning
formatini maʼlumotni kiritish jarayonidan oldin oʻrnatgan
tasdiqlash qoidasiga muvofiq kelishini taʼminlaydi. Tasdiqlash
esa, kiritilgan maʼlumotning mantiqiy boʻlishini va unga faqat
tekshiruv qoʻllanilganidan koʻra aniqroq boʻlishini taʼminlaydi.
Tekshirish usuli boʻlgan korrektura hujjatning iloji boricha
aniq va toʻgʻri boʻlishini taʼminlaydi va bu usul boshqalariga
qaraganda koʻproq vaqt talab etadi. Chunki bunda matnning
aniqligi va toʻgʻriligini kompyuter emas, inson tekshiradi.
Hujjatdagi haqiqiy xatolarni tuzatish uchun izohli lugʻatdan
foydalanishdagi taqiqlar haqida muhokama qiling.
|
| |