|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 275/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikHarf terishdagi xatolar
Harf terishdagi xatolar – siz soʻzning qanday yozilishini
bilasiz-u, tasodifan yoki klaviaturadagi muammo tufayli yoki
juda tez harf terishingiz sababli baʼzi belgilarni qoldirib ketish
(yoki qoʻshimcha belgilar qoʻshish) bilan bogʻliq xatodir.
Bunday odatiy xatolarga soʻzlar orasida joy tashlamay ketish
yoki soʻzdagi harflarning tartibi buzilishi kabi misollarni
keltirish mumkin. Bunga misol qilib “men” soʻzini “mne”
deb yozishni koʻrsatish mumkin. Ushbu muammoni imloni
tekshirish funksiyasini yoqish orqali bartaraf qilish mumkin va
u 15.02-rasmda koʻrsatilgan.
15.02-rasm. Imlo tekshiruvchi dasturda avtomatik tuzatish
parametrlaridan foydalanish.
Replace uskunasi
Odatda imloviy xato bilan yoziladigan yoki notoʻgʻri
qo‘llanadigan soʻzni tuzatishning yana bir usuli – “almashtirish”
vositasidan foydalanishdir. Ushbu uskuna yordamida katta
hajmdagi matnlarda notoʻgʻri yozilgan soʻzlarni tuzatish
jarayoni uchun imlo tekshirish dasturi o‘rniga foydalnilsa,
vaqtni tejash imkoniyati tug‘iladi.
Replace vositasi imloni
tekshiruvchi dasturning funksiyalaridan boshqa vazifalarni
ham bajarishi mumkin. Masalan, siz biror soʻzni hujjatda
notoʻgʻri ishlatgan boʻlsangiz, ushbu uskuna yordamida
bir harakat bilan noto‘g‘ri so‘zni to‘g‘risi bilan almashtirish
mumkin.
Bir xil tovushli soʻzlarni (gomofon) qoʻllashda baʼzan
muammolar kelib chiqadi (15.03-rasmga qarang). Bunda
imloni tekshiruvchi dastur bu borada yordam bera olmaydi,
chunki agar siz ikkala soʻzni ham toʻgʻri yozsangiz-u, lekin
Imloni tekshiruvchi dastur va
Replace uskunasidan
foydalanish oʻrtasidagi farqlarni muhokama qiling.
Javoblaringizni asoslash uchun misollar keltiring.
15.02-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
Siz, ehtimol, harf terish tartibi tufayli tez-tez xato
qiladigan soʻzlarning barchasi haqida oʻylab koʻring
(hatto bu soʻzlarni qanday toʻgʻri yozishni bilsangiz ham).
15.02-rasmdagi toʻrtta bosqichni bajargan holda imlo
va grammatikani tekshiruvchi dasturni sozlang. U yaxshi
ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun biror matn yozib,
sinab koʻring.
|
| |